Ehtimollar nazariyasining predmeti


Download 69.93 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi69.93 Kb.
#1020540
1   2   3   4
Bog'liq
7-maruza

Sinashlar va hodisalar
Tasodifiy hodisa deb tayin shartlar to‘plami S bajarilganda yo ro‘y berishi, yoki ro‘y bermasligi mumkin bo‘lgan hodisani atadik. Bundan kyein “shartlar to‘plami S bajarildi” deyish o‘rniga, biz qisqacha qilib, “sinash o‘tkazildi” deymiz. Shunday qilib, biz hodisani sinash natijasi sifatida qaraymiz.
Misol. Mergan to‘rtta sohaga ajratilgan nishonga qarata o‘q uzdi. O‘q uzilishi- sinash. Nishonning tayin sohasiga o‘q tegishi- hodisa.

Tasodifiy hodisalarning turlari
Birgalikda bo‘lmagan hodisalar deb bitta sinashda birini ro‘y berishi qolganlarinining ro‘y berishini yo‘qqa chiqaradigan hodisalarga aytiladi.
Misol. Detallar solingan yashikdan tavakkaliga bitta detal olindi. Bunda standart detal chiqishi nostandart detal chiqishini yo‘qqa chiqaradi. ”Standart detal chiqdi” va ”nostandart detal chiqdi” hodisalari birgalikda emas.
Yagona mumkin bo‘lgan hodisalar deb sinash natijasida bir necha hodisalardan bittasi va faqat bittasining ro‘y berishi muqarrar hodisaga aytiladi.
Ko‘rinib turibdiki, yagona mumkin bo‘lgan hodisalar juft-jufti bilan birgalikda emas.
Misol. Ikkita pul-buyum lotareyasi sotib olingan. Quyidagi hodisalarning bittasi va faqat bittasi albatta ro‘y beradi: “Yutuq birinchi biletga chiqdi, ikkinchisiga chiqmadi”, “yutuq birinchi biletga chiqmadi, ikkinchi biletga chiqdi” ,”yutuq ikkala biletga ham chiqdi”, “yutuq ikkala biletga ham chiqmadi”. Bular yagon mumkin bo‘lgan hodisalar.
Teng imkoniyatli hodisalar deb bir necha hodisalardan hech birini boshqalariga nisbatan ro‘y berishi mumkinroq deyishga asos bo‘lmagan hodisalarga aytiladi.
Misol. Tanga tashlaganda gerbli tomon tushishi va yozuvli tomon tushishi teng imkoniyatli hodisalar. Haqiqatan ham, tanga bir jinsli materialdan tayyorlangan, to‘g‘ri slindrik shaklga ega va uning o‘ymakorligi tanganing u yoki bu tomoni bilan tushishiga ta’sir qilmaydi deb faraz qilinadi.

Download 69.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling