Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalar fakulteti 20-guruh talabasi yo’ldoshev islomning yosh gigiyena va fiziologiya fanidan mustaqil ish taqdimoti


Download 61.03 Kb.
Sana04.10.2023
Hajmi61.03 Kb.
#1691912
Bog'liq
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI 5

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI 5.20-GURUH TALABASI YO’LDOSHEV ISLOMNING YOSH GIGIYENA VA FIZIOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISH TAQDIMOTI

MAVZU:BOLALARDA QADDI-QOMATNING SHAKLLANISHI VA KAMCHILIKLARI REJA: 1.Qaddi qomatning to’g’ri rivojlanishidagi omillar 2.Suyaklarning o’sishi 3.Skoiloz kasalligi haqida

Kelishgan qaddi-qomat hayotiy jarayonda yomonlashishi mumkin, ko‘p hollarda bu bolaning maktab davrida, partada noto‘g‘ri o‘tirishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunda bolaning muskul boylam birlashmasi o‘tirishning fiziologik holatiga moslashib boradi. Muskul va boylamlarning ta’sirida umurtqa pog‘onasi funktsiyasi o‘zgarib turadi. Muskullar odam tanasini normal ushlab turishdan tashqari qarama-qarshi kuchlarni (antigravitatsion kuch) bir-biriga mutanosib qilish vazifasini ham bajaradi. Agar muskullar yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ularning harakati bir-biriga mutanosib (sinxron) bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, umurtqa pog‘onasining qiyshaymasdan to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradi.

  • Kelishgan qaddi-qomat hayotiy jarayonda yomonlashishi mumkin, ko‘p hollarda bu bolaning maktab davrida, partada noto‘g‘ri o‘tirishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunda bolaning muskul boylam birlashmasi o‘tirishning fiziologik holatiga moslashib boradi. Muskul va boylamlarning ta’sirida umurtqa pog‘onasi funktsiyasi o‘zgarib turadi. Muskullar odam tanasini normal ushlab turishdan tashqari qarama-qarshi kuchlarni (antigravitatsion kuch) bir-biriga mutanosib qilish vazifasini ham bajaradi. Agar muskullar yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ularning harakati bir-biriga mutanosib (sinxron) bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, umurtqa pog‘onasining qiyshaymasdan to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradi.

Insonda suyaklarning o‘sishi 18—20 yoshlarga borib deyarli to‘xtaydi va hamma fiziologik egriliklar bu vaqtga kelib silliqlanadi. Chunki uning muskul-boylam birikmalari, tog‘ay sohasi qavatlari juda ham harakatchan va egiluvchan holatga yetadi. Shu bois, umurtqa pog‘onasining yaxshi rivojlanishi to‘g‘ri va adl qomatning tamal toshi ekanligini hisobga olgan holda aynan maktab davrida bola qomatining to‘g‘ri shakllanishiga alohida e’tibor qaratish lozim.

  • Insonda suyaklarning o‘sishi 18—20 yoshlarga borib deyarli to‘xtaydi va hamma fiziologik egriliklar bu vaqtga kelib silliqlanadi. Chunki uning muskul-boylam birikmalari, tog‘ay sohasi qavatlari juda ham harakatchan va egiluvchan holatga yetadi. Shu bois, umurtqa pog‘onasining yaxshi rivojlanishi to‘g‘ri va adl qomatning tamal toshi ekanligini hisobga olgan holda aynan maktab davrida bola qomatining to‘g‘ri shakllanishiga alohida e’tibor qaratish lozim.

Umurtqaning fiziologik egriliklari umurtqa pog‘onalarining egiluvchanlik xususiyatini oshiradi va odamning ichki a’zolarini tashqi muhit ta’sirlarida shikastlanishdan asraydi.

  • Umurtqaning fiziologik egriliklari umurtqa pog‘onalarining egiluvchanlik xususiyatini oshiradi va odamning ichki a’zolarini tashqi muhit ta’sirlarida shikastlanishdan asraydi.

Bolalarda qaddi-qomatning to‘g‘riligini tekshirish

  • Bolalarda qaddi-qomatning to‘g‘riligini tekshirish
  • E’tibor bilan qaraganda bu — oson. Bola tik turgan holatda yonbosh tarafdan qarab tekshiriladi (u o‘zingizdan 1,5—2,0 metr uzoqlikda bo‘lishi zarur).
  • Tekshirish paytida, albatta, boshni tutib turish, oldinga yoki orqaga egilganligi, ko‘krak qafasining formasi, qorin chizig‘i, tizza bo‘g‘imi bukilmasi, umurtqaning bo‘yin, ko‘krak va bel egriligi e’tiborga olinadi.

Bolalardagi qaddi-qomat nuqsonlaridan biri skolioz kasalligidir. Bu kasallik umurtqaning o‘ng yoki chap yon tarafga qiyshayishi natijasida paydo bo‘ladi. Kasallik faqat umurtqa pog‘onasining xastaligi emas, balki bir butun organizmda chuqur o‘zgarishlar bo‘lishi bilan farqlanadi. U sekin rivojlanadi, bemorni bezovta qilmaydi. Natijada kasallik kech aniqlanadi. Shuning uchun ham uni davolash nihoyatda qiyin kechadi.

  • Bolalardagi qaddi-qomat nuqsonlaridan biri skolioz kasalligidir. Bu kasallik umurtqaning o‘ng yoki chap yon tarafga qiyshayishi natijasida paydo bo‘ladi. Kasallik faqat umurtqa pog‘onasining xastaligi emas, balki bir butun organizmda chuqur o‘zgarishlar bo‘lishi bilan farqlanadi. U sekin rivojlanadi, bemorni bezovta qilmaydi. Natijada kasallik kech aniqlanadi. Shuning uchun ham uni davolash nihoyatda qiyin kechadi.
  • Skolioz kasalligiga chalingan bola tez charchaydi, bir joyda uzoq o‘tirganda, ko‘p yurgan paytda umurtqa pog‘onasida og‘riq sezadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 61.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling