Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi
Download 1.96 Mb.
|
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
Foydaga soliq hisoblash buxgalteriya hisobida quyidagi bog’lanish bilan aks ettiradi: D 9810“Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar” K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (Foyda solig’i bo’yicha)”; Byudjetga foyda solig’i o’tkazilayotganda beriladigan hisobvaraqlar bog’lanishi: D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (Foyda solig’i bo’yicha)” K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” Foyda solig’ini to’g’ri hisoblash uchun daromad va xarajatlarni qaysi turlari korxona foydasini shakllantiradi aniq bilish zarur. Foydani soliqqa tortish maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ekt daromadi ikki guruhga bo’linadi: realizatsiya (sotish)dan daromad va realizatsiyadan boshqa daromadlar. O’zi ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan mahsulot (tovar, bajarilgan ish, ko’rsatilagan xizmat)larni sotishdan tushum; mol-mulk (qimmatbaho qog’ozlar ham) va mol-mulkga egalik huquqidan sotishdan tushum realizatsiyadan daromad deb hisoblanadi. Realizatsiyadan boshqa daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: tekinga olingan mulk, inventarizatsiya paytida aniqlangan ortiqcha moddiy boyliklar, asosiy vositani hisobdan chiqarishda olingan moddiy boyliklar qiymati va boshqalar. Soliqqa tortish maqsadida jami korxona xarajatlari ham ikki guruhga ajratiladi: - mahsulot (tovar, bajarilgan ish, ko’rsatilagan xizmat)lar uchun qilingan xarajatlar; - realizatsiyadan tashqari xarajatlar. Mahsulot (tovar, bajarilgan ish, ko’rsatilagan xizmat)lar uchun qilingan xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: - moddiy xarajatlar; - mehnat haqi xarajatlari; - mehnat haqidan ijtimoiy ajratmalar; - hisoblangan amortizatsiya; - boshqa xarajatlar. Foyda solig’ini hisoblashda korxona daromad va xarajatlarni tan olish tartibini to’g’ri qo’llash katta ahamiyatga egadir. Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun mahsulot (tovar, bajarilgan ish, ko’rsatilagan xizmat)lardan tushgan tushum buxgalteriya hisobida xo’jalik faoliyati faktlarini qayd qilish paytida vaqt tamoyilini hisobini olgan holda rioya qilish kerak. Hisobot davrida bo’lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo’lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlarning o’rtasida bevosita bog’liqlikni o’rnatish qiyin bo’lsa, xarajatlar biron-bir taqsimlash tizimiga muvofiq bir nechta hisobot davrlari o’rtasida taqsimlanadi. Bu, masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir. Sotish lahzasini aniqlashda asosiy kriteriya jo’natilgan mahsulot (tovar)dan foydalanish huquqi sotuvchidan xaridorga o’tish payti hisoblanadi yoki hisoblash printsipi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling