Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi
Download 1.96 Mb.
|
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq solinadigan ob’ektning nomi Soliq stav-kalari, %
- Rangli, nodir va radioaktiv metallar
- 2. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar
- 11.6. Soliqlar va yig’imlar uchun byudjet bilan hisoblashishlar hisobi bo’yicha amaliy mashg’ulot
Soliq stavkalari. Foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) nol (0) foizli stavka bo’yicha soliq solish foydali qazilmalarning normativ yo’qotishlariga taalluqli qismi bo’yicha amalga oshiriladi.
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi (11.3-jadval): 11.3-jadval Soliq solinadigan ob’ektning nomi va stavkalari
* Tsement ishlab chiqaruvchi zavodlar, shuningdek tsement xom ashyosi – ohaktoshni realizatsiya qiladigan yer qa’ridan foydalanuvchilar belgilangan soliq stavkasi bo’yicha soliq to’laydi. Tsement ishlab chiqarish uchun ko’mirdan foydalanuvchi zavodlar uchun soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. Asl, rangli, noyob va radioaktiv metallarni qazib olishni amalga oshiruvchi alohida soliq to’lovchilar uchun O’zR Prezidenti tomonidan oshirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin. Kalendar yil soliq davri hisoblanadi. Quyidagilar hisobot davridir: - yuridik shaxslar uchun – bir oy; - jismoniy shaxslar uchun – kalendar yil. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisoblash buxgalteriya hisobida quyidagi bog’lanish bilan aks ettiradi: D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”. Byudjetga yer qa’ridan foydalanganlik uchun solig’i o’tkazilayotganda beriladigan hisobvaraqlar bog’lanishi: D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)” K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”. 11.6. Soliqlar va yig’imlar uchun byudjet bilan hisoblashishlar hisobi bo’yicha amaliy mashg’ulot Nazariy bilimlarga asoslanib byudjet bilan hisoblashishlar bo’yicha amaliy mashg’ulot masalalarini echish kerak. №1 misol Korxona 35 000 000 so’mga material sotib oldi (shundan hisobot davrida materiallarni ishlab chiqarish ehtiyojlariga xarajat qildi – 24 000 000 so’m), transport xarajatlari 7 000 000 so’m, materiallarni chetga qayta ishlash uchun berib qilingan xarajatlar – 1 800 000 so’m, o’z avtotransport xarajatlari – 800 000 so’m, mehnat haqi xarajatlari – 8 000 000 so’m, ijara ijara xarajatlari – 2 000 000 so’m, hisoblangan amortizatsiya summasi – 1 200 000 so’m, safar xizmati – 5 000 000 so’m. Korxona hamma materiallardan mahsulot ishlab chiqariladi, ularni ulgurji narxlarda sotadi va realizatsiyadan olingan daromadi – 45 000 000 so’m. Korxona byudjetga to’lanadigan soliqlarni hisoblang: QQS, foyda solig’i. №2 misol Quyidagi ma’lumotlar asosida korxona mol-mulk solig’ini choraklar bo’yicha hisob qiling:
№3 misol Hisob siyosatiga muvofiq soliqqa tortish maqsadida, savdo tashkiloti daromad (xarajatlar)ni hisoblash usulida tashkil qilgan, shubhali qarzlar bo’yicha rezerv shakllantiryapti. Hisobot davri oxirida debitorlik qarzlarni inventarizatsiya qilish natijasida aniqlandiki, sotilgan tovarlar uchun muddati 90 kundan oshgan shubhali qarzdorlik bo’yicha qarzlar 50 000 000 so’m, sotilgan tovarlar uchun muddati 45 dan 90 kungacha bo’lgan shubhali qarzdorlik bo’yicha qarzlar 100 000 000 so’m, boshqa korxonalarga zayom (qarz) berib muddati 90 kundan oshgan shubhali qarzlar bo’yicha olinadigan foizlar summasi 12 000 000 so’m tashkil qilgan. Ushbu rezerv bo’yicha soliqqa tortish maqsadida boshqa operatsion xarajatlar tarkibiga qancha summa hisoblash kerak, agar mahsulot (tovar, ish, xizmatlar) realizatsiyasidan tushum hisobot davrida 8 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa? Quyidagilardan qaysi javob to’g’ri. 1. 162 000 ming so’m 2. 150 000 ming so’m 3. 112 000 ming so’m 4. 72 000 ming so’m. №4 misol Agar kompaniyani xo’jalik faoliyati quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflansa, 2019 yilga foyda solig’ini hisoblang: tushum QQS solig’i bilan birga yil davomida – 45 mlrd. so’m, materiallarga xarajat (QQSsiz) – 10 mlrd. so’m, ishchilarning mehnat haqi – 5 mlrd. so’m, asosiy vositalarning amortizatsiyasi – 500 mln. so’m, davr xarajatlari (QQS siz) – 4.8 mlrd. so’m, boshqa xarajatlar – 1 mlrd. so’m, ish haqidan ijtimoiy ajratmalar – 12 %. №5 misol Hisobga olinadigan QQS summasini quyidagi holatlarda aniqlang: 1. Korxona 230 mln. so’mga (shu jumladan QQS summasi 30 mln. so’m) ishlab chiqarish materiallari sotib oldi. Hisobot sanasida 50% MEB hisobvarag’idagi summa to’landi. 2. Korxona yoritish uskunani o’z madaniyat saroyiga o’rnatish uchun sotib oldi. Uskuna qiymati – 46 mln. so’mga (shu jumladan QQS summasi – 6 mln. so’m. Hisobot sanasida uskuna foydalanishga topshirildi, MEB hisobvarag’i 80% to’langan. 3. Maqsadi ishlab chiqarish bo’lgan asosiy vositalar uchun korxona 460 mln. so’m oldindan to’lov qildi. Hisobot sanasida asosiy vositalar kirim qilgani yo’q. 4. Korxona import tovarlar partiyasini 5 000 mln. so’mga sotib oldi. Bu tovarlarni O’zR bojxona hududiga olib kirganda 750 mln. so’m QQS to’landi. Hisobot sanasida MEB oldidagi qarz 2 500 mln. so’mni tashkil qildi. 5. Korxona Toshkentda o’quv seminari tashkil qildi. Seminarni tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha xarajatlarga QQS summasi 10 mln. so’mdan iborat. Hamma xarajatlar to’liq to’langan. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling