Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


-chizma. Korxona bo’linmalarida xarajatlarni kelib chiqish


Download 2.01 Mb.
bet336/524
Sana29.09.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1690029
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

13.3-chizma. Korxona bo’linmalarida xarajatlarni kelib chiqish
joylari bo’yicha turkumlash


Yuqorida keltirilgan chizma xarajatlarni alohida bo’linmalar ichida rejalashtirish imkonini beradi. Unga asoslanib, korxonada xarajatlar hisobini oqilona tashkil etish mumkin.
Xarajatlar markazini, o’z navbatida, boshqariladigan va erkin xarajatlar markazlariga bo’lish mumkin.
Boshqariladigan xarajatlar markazining rahbari, avvalo, mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni eng kam miqdorga keltirishga javob beradi va uning faoliyati mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan meyoriy va haqiqiy xarajatlarni taqqoslash yo’li bilan baholanadi.
Erkin xarajatlar markazi faoliyatini baholash uchun aniq mezonni belgilash murakkab, chunki korxona rahbariyati bunday markazlar xarajatlari hajmiga ta’sir qila olmaydi. Konstruktorlik byurosi, kimyoviy-texnik nazorat laboratoriyasi va h.k.lar erkin xarajatlar markazlariga misol bo’la oladi.
Boshqariladigan xarajatlar markazida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bo’limlar o’rtasida samarali munosabat o’rnatiladi. Ushbu markazlarning xarajatlarini boshqarish oldindan tuzilgan moslashuvchan byudjetlar yordamida amalga oshiriladi.
Sotish markazi javobgarlik markazining bir turi hisoblanib, bu bo’linmada rahbar faqat tushumga javob beradi. Shu sababli, unda sotishdan olinadigan tushum va uni belgilovchi ko’rsatkichlar: sotish hajmi va baho asosiy nazorat qilinadigan ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Javobgarlik markazlari bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil etish shuni ko’rsatadiki, har bir bo’linma faoliyati natijalarini baholash uchun muayyan javobgarlik markazining olishi kutilayoggan foydasi hajmini belgilash zarur. Bunday sharoitda javobgarlik markazlari doirasida foyda markazlari tuzish alohida ahamiyatga ega.
Foyda markazi – bu bo’linma rahbari xarajatlar va foyda uchun javob beradigan markazdir. Bunday markazlarda xarajat va daromadlar – ishlab chiqarilgan mahsulotning puldagi ifodasi bo’lib, foyda esa ular o’rtasidagi farq hisoblanadi. Foyda markazi menejeri sotish hajmi va bahoni, shuningdek, xarajatlarni nazorat qiladi.
Foyda markazi – bu kichik ko’rinishdagi korxona iqtisodidir. Foyda markazi bo’yicha boshqaruv modelidan foydalanish ko’pgina korxonalarda foyda uchun javobgarlikni nomarkazlashtirishga imkon beradi.
Foyda markazi, o’z navbatida, bir qancha xarajatlar markazlaridan tashkil topishi mumkin (13.4-chizma).

Asosiy ishlab chiqarish


Sintetik hisob




Y
1-javobgarlik markazi

2-javobgarlik markazi
uqori darajadagi

analitik hisobvaraqlar


Q uyi darajadagi
a
1-bo’lim

2-bo’lim

4-bo’lim

3-bo’lim

5-bo’lim
nalitik hisobvaraqlar




Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling