Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Barter - pul emas, balki tovar ko’rinishida bo’lgan o’zaro xo’jalik munosabatlari. Barter kelishuvi


Download 2.01 Mb.
bet456/524
Sana29.09.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1690029
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Barter - pul emas, balki tovar ko’rinishida bo’lgan o’zaro xo’jalik munosabatlari.
Barter kelishuvi - pul to’lovisiz tovarga mulkchilik huquqini tovar almashish orqali berish (tabiiy almashishi). Barter kelishuvi ikki tomonlama va ko’p tomonli ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Barter kelishuvining ob’ekti ma’lum bir tovar turlari bo’lib, u tomonlar tuzgan shartnomada aniqlab olinadi.
Barter kelishuvi bir davlat ichidagi xo’jalik yurituvchi ob’ektlar o’rtasida, shuningdek, davlatlar o’rtasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Benefitsiar - foydasiga o’tkazuvchan akkreditiv ochilgan shaxs va unga shu akkreditiv hisobidan boshqa bankda o’zi yoki boshqa shaxs foydasiga akkreditiv ochish huquqi beriladi.
Bevosita xarajatlar – mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan xomashyo va materiallar, mehnatga haq to’lash, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositllar amortizatsiyasi xarajatlari.
Bilvosita xarajatlar – ma’muriy-boshqaruv xarajatlari, boshqaruv asbob-uskunalarini saqlash va foydalanish xarajatlari kabi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar.
Birja - bozorning tashkiliy shakli bo’lib, tovarlar, qimmatbaho qog’ozlar, valyuta va ishchilarning erkin savdosi amalga oshiriladi (tovar birjasi, mehnat birjasi, fond birjasi, valyuta birjasiga qarang).
Birja bahosi - birja savdosi orqali sotilayotgan tovarlar bahosi bo’lib, tegishli tovar bahosining darajasi va dinamikasi yuzasidan ma’lumotlarning muhim va ishonchli manbai hisoblanadi.
Birja kotirovkasi - birja kopiroval komissiyasi tomonidan ro’yxatga olinadigan va e’lon qilinadigan savdo birjasining tovarlar bahosi va qimmatbaho qog’ozlar kursi.
Birja poshlinasi - birja qo’mitasi tomonidan birja kelishuvlarini amalga oshirish huquqi uchun qimmatbaho qog’oz xaridorlaridan olinadigan pul yig’imi.
Birja qo’mitasi. Birjalar boshqaruv organi (Buyuk Britaniyada - birjalar kengashi, AQShda - boshqaruvchilar kengashi). Birjalar a’zolarining umumiy yig’ilishida ma’lum bir muddatga saylanadi.
Birlamchi hisob - hisob jarayonining boshlang’ich bosqichi, xo’jalik jarayonining (ma’lumotlari) ko’rsatkichlari o’lchanadi, aniqlanadi va hujjatlarda aks ettiriladi. Birlamchi hisob sintetik va analitik hisobvaraqning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham birlamchi hisobning o’z vaqtida va aniq bo’lishi hisob ko’rsatkichlari sifatiga va ularning korxona xo’jalik-moliyaviy faoliyatini boshqarish va nazoratidagi ahamiyatiga ta’sir etadi (buxgalteriya hujjatlariga qarang).

Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling