Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Download 2.01 Mb.
bet481/524
Sana29.09.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1690029
1   ...   477   478   479   480   481   482   483   484   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Inventarizatsiya yozuvlari - inventarizatsiya o’tkazilgan vaqtda tuziladigan hujjat. Bunda tovar-moddiy boyliklari va boshqa inventarizatsiya qilinayotgan ob’ektlarning ma’lum bir muddatga haqiqiy holati aks ettiriladi. Bu hujjat komissiya a’zolari tomonidan bir necha turda va belgilangan shaklda tuziladi. Alohida inventar bo’yicha yozuv esa, korxonaga tegishli bo’lmagan boyliklar yuzasidan tuziladi (ijaraga olingan asosiy vositalar, saqlash va qayta ishlash uchun qabul qilingan boyliklar). Hujjatda tovar-moddiy boyliklari turi, o’lchov birligi bo’yicha ko’rsatiladi.
Hujjatga barcha komissiya a’zolari imzo chekadi, moddiy javobgar shaxs esa, inventarizatsiya natijasiga va kommissiya a’zolariga e’tirozi yo’qligi haqida tilxat yozib beradi.
Inventarizatsiya yozuvidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining solishtirma qaydnomasini tuzishda foydalaniladi. (qarang. Inventarizatsiya).
Inventar kartochkalar - asosiy vositalar (fondlar)ning hisobi uchun mo’ljallangan hisob registrining shakli. Inventar kartochkalar har bir ob’ekt xo’jalikka keltirilganda tuziladi. Inventar kartochkalar ob’ektlarning har bir turi bo’yicha alohida ochilishi mumkin. Kartochkada inventar ob’ekti to’g’risidagi hamma kerakli ma’lumotlar aks ettiriladi: uning nomi, amortizatsiya ajratmasi miqdori, shuningdek, kapital tiklash, jihozlar, butlash va hisobdan chiqarishlar ham aks ettiriladi.
Inventar ob’ekti - tugallangan qurilish, buyum yoki kompleks inventar ob’ekti asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi. Har bir korxonada inventar ob’ektlari ko’p bo’lib, ularning har biri bo’yicha hisobni to’g’ri tashkil etish uchun inventar raqam belgilanadi.
Inventar raqami - inventar ob’ektga biriktirilgan raqam. Inventar raqami asosiy vositalar (fondlar) hisobini to’g’ri tashkil etish uchun va ob’ektlarning saqlanishini ta’minlash uchun zaruriy hisoblanadi. Bir turdagi buyumlarning guruhi uchun shu ob’ektlarning haqiqiy holati, eng ko’p qiymatini hisobga olgan holda, raqamlar seriyasi ajratiladi. Buxgalteriya hujjatlarida asosiy vositalar hisobida ushbu inventar raqamlar ko’rsatiladi.
Inkassa (lat. incakko) - to’lov hujjatlarini ko’rsatib pul olish. To’lov hujjatlari asosan, bank tomonidan ko’rsatiladi. Xaridor va mol etkazib beruvchilar o’rtasidagi hisob-kitob naqd pulsiz olib boriladi, demak, bank pulni inkassa orqali olar ekan, ular o’rtasidagi hisob-kitobni (hisobvaraqdan hisobga mablag’ o’tkazish) bajarish vazifasini oladi. (inkassalashga qarang).

Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   477   478   479   480   481   482   483   484   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling