Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi
Download 2.01 Mb.
|
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
Kelgusi davr daromadlari - hisobot davrida olingan, ammo kelgusi davrga tegishli bo’lgan mablag’lar.
Bu mablag’larga oldindan olingan ijara to’lovlari, maishiy xizmatlar uchun to’lovlar, yo’lovchilarni va yuklarni tashish haqlari, choraklik, oylik to’lovlari, aloqa vositalaridan foydalanganlik uchun abonement to’lovlari va boshqa muddatidan oldin to’langan mablag’lar kiradi. Kliring - to’lov va majburiyatlarni o’zaro qoplash yo’li bilan naqd pulsiz hisob-kitob tizimi; davlat ichidagi kliring o’zaro hisob-kitob orqali banklar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitob tizimidir, xalqaro hisob-kitoblarda maxsus tashkil etilgan kliringlar kelishuv ko’rinishida amalga oshiriladi. Xalqaro hisob-kitoblarda ikki yoki undan ortiq davlatlar hukumatlari yoki Markaziy banklari o’rtasida tashqi savdo va ular o’rtasidagi turli o’zaro munosabatlarda yuzaga keladigan to’lov va qarzlar yuzasidan kliring kelishuvlari tuziladi. Kliring kelishuvlari, valyutali kliring davlatlar o’rtasida tashqi savdo jarayonlari natijasida yuzaga kelgan qarzlarni o’zaro qoplash orqali amalga oshirilishini bildiradi (oltin yoki xorijiy valyutalar to’lovisiz). Valyutali kliring - tashqi savdoda hisob-kitob shakli bo’lib, bir davlatning qarzi shu davlatga bo’lgan qarzni qoplash orqali amalga oshiriladi. Valyutali kliringning mazmuni shundaki, unga ko’ra, eksport va import tovarlar yuzasidan davlatlar o’rtasidagi hisob-kitoblar har bir savdo-sotiqdan keyin emas, balki davlatdan chiqarilgan va shu davlatga keltirilgan tovarlar qiymati o’rtasidagi farqlar yuzasidan davriy to’lovlarni amalga oshirish asosida olib boriladi. Komissioner - savdo va kelishuvlardagi vositachi bo’lib, o’z nomidan, ammo komitent foydasiga va komitent hisobidan ma’lum bir rag’batlantirishga asosan savdo topshiriqlarini bajaruvchi shaxs. Komissioner bilan uchinchi shaxs o’rtasidagi kelishuvda huquq va majburiyatlar komissioner va uchinchi shaxs o’rtasida yuzaga keladi. Ammo, kelishuvda boshqacha holat belgilanmagan bo’lsa, komissioner komitent oldida uchinchi shaxsning kelishuvni bajarishiga javob bermaydi. Komitent - (lotinchadan “topshiriq beruvchi”) import yoki eksport, bank jarayonlari, qarz jarayonlari va boshqalar yuzasidan ma’lum bir muddat ichida aniq bir kelishuv yoki kelishuvlarni tuzishni boshqa shaxs (komissioner)ga topshiriq sifatida beruvchi shaxs. Komitent topshirig’ini komissioner o’z nomidan amalga oshirsada komitent hisobiga bajaradi. Download 2.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling