Menejer (inglizchada boshqarish) - kompaniyalar, banklar, moliyaviy muassasalarni, hamda ularning ichki bo’limlarini boshqaruvchi tarkib.
Mehnat balansi - mehnat resurslarining (ish kuchi, ish vaqti) haqiqatda yoki kutilgan va ulardan foydalanish miqdorini aks ettiradi. Mehnat balansida ishchi kuchini qayta ishlab chiqarish, joylashtirish va mehnat resurslarini iste’molga mos ravishda taqsimlashning asosiy jarayonlari haqida ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Mehnat birjasi - mehnat bozorida vositachilik jarayonlarini bajaradi. Mehnat birjasi yo’llanmasi bo’yicha kelgan xodimni tadbirkor ishga olmaslik huquqiga ega.
Mehnat haqi – ishchi, xizmatchilar shaxsiy iste’moli uchun mo’ljallangan milliy daromadning bir qismidir. Har bir ishchi va xizmatchining mehnat haqi uning sarflagan mehnatining hajmi va sifatiga bog’liq. Mamlakatimizda ro’y berayotgan iqtisodiy o’zgarishlar natijasida har xil mulkchilikka asoslangan qo’shma korxonalar tashkil etilmoqda. Albatta, bu korxonalarda ishchi va xizmatchilar ishlaydi, ularning oladigan daromadlari bajaradigan ish faoliyatlarining sifat darajasiga ko’ra turlicha bo’ladi.
Mehnat haqining bajarilgan ishga bog’liq turi - ishchining mehnat haqi bajarilgan ishning hajmiga bog’liqdir. Ish turining quyidagi shakllari mavjud:
- bunda bajarilgan ish birligi uchun to’lov bajarilgan ish hajmining darajasiga bog’liq bo’lmaydi. Ilg’or - me’yordan yuqori bajarilgan ish uchun to’lov ko’paytiriladi. Mukofot - belgilangan ish uchun, yuqori mehnat haqi hisoblanadi;
- bog’liqli - ma’lum bir ishchi bajargan ish natijasiga emas, balki, u boshqarayotgan tsex, bo’lim ishining natijasiga bog’liqdir.
Mehnat haqining bajarilgan ishga qarab to’lanishi yakka tartibda va guruhiy bo’lishi mumkin. Guruhiy tartibda bo’lsa, u holda mehnat haqi ishchilar malaka darajasiga ko’ra va ular ishlagan vaqtiga ko’ra mos ravishda taqsimlanadi. Yakka tartibdagi haq to’lash maqsadga muvofiqdir, bu usulda har bir ishchi o’zi uchun samarali va unumli ishlashga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |