Yalpi ishchi kuchi va uni takror ishlab chiqarish


Download 28.7 Kb.
bet1/5
Sana16.02.2023
Hajmi28.7 Kb.
#1203728
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik(1)


YALPI ISHCHI KUCHI VA UNI TAKROR ISHLAB CHIQARISH.


REJA:



  1. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari.

  2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi Yalpi talabi va Yalpi taklifi nisbati.

  3. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash.

  4. O’zbekiston bandlik muammosi va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash.


1-savol. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari
Ishchi kuchi - bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi bo’lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo o’zining aqliy va jismoniy kuch-quvvatini ishlatib, charchagan ishchining qobiliyatini qayta tiklash, ya‘ni uning va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish mustaqil va ijtimoiy muammo bo’lib bu muammo aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon bo’ladi . Demak, ishchi ko’chini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy ko’payishidir.
Respublikada mehnat resurslarining o’rtacha yillik soni 12,6 mln kishini tashkil etadi. Bu mamlakat aholining o’otacha 51,1 foiziga tengdir. Iqtisodiyotda band bo’lgan aholining o’rtacha yillik soni 9,0 mln kishiga teng bo’lib, ishchi kuchi resurslari tarkibiga 71,3 foizni tashkil qiladi.
Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo’lgan qimi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham yuritiladi. Ishchi kuchi resurslariga kiritilishining asosiy mezoni bo’lib uning yoshi va mehnatga bo’lgan qobiliyati hisoblanadi . Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa sohalarda band bo’lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin.
Ishchi kuchi resurslarinig faol va potentsial qismi bo’lib, ular farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo’jaligida band bo’lganlar potentsial qismini tashkil etadi. Mamlakatda doimiy aholi soni 2009 yilning birinchi yanvar holatiga ko’ra 27,6 mln kishini tashkil etib, u oldingi yilga nisbatan 483,1 ming kishiga yoki 1,8 foizga o’sgan. Aholining tabiiy o’sishi 508,9 ming kishini tashkil etib, shundan 331,8 ming kishi yoki 65,2 foiz qishloq joylariga to’g’ri keladi.

O’zbekistonda aholining tabiiy harakati qo’yidagi ma‘lumotlar bilan tavsiflanadi.



Download 28.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling