Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar royxati Ilovalar Kirish
Download 214 Kb.
|
A) Statistika togʻrisida umumiy tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va takliflar…………………………………………………….…………33 Foydalanilgan adabiyotlar royxati……………………………………………..35 Ilovalar…………………………………………………………………...……….36
Mundarija Kirish………………………………..…………………………………………..3 1. Statistika togʻrisida umumiy tushuncha……………………..…………………..5 2.Stastistikaning kelib chiqish tarixi……………………………………………...12 3.Oʻzbekistonda statistikaning tashkil etilishi………………………………….....23 4.Statistikaning predmeti va uslubi…………………………………………...…..28 Xulosa va takliflar…………………………………………………….…………33 Foydalanilgan adabiyotlar royxati……………………………………………..35 Ilovalar…………………………………………………………………...……….36 Kirish Statistikaga oid ma’lumotlar uchun umumiy o’ziga xos xususiyat shundan iboratki, ular ayrim yakka hodisalarga tegishli bo’lmasdan, balki doimo ularning to’plamini qamrab oluvchi umumlashtiruvchi miqdorlardir. YAkka hodisa, to’plamdan farqli o’laroq, mustaqil va bir - biriga o’xshash tarkibiy elementlarga bo’linmaydi. To’plam bitta yoki bir nechta hodisaga kamayishi bilan butunlay yo’q bo’lmasdan, oldingi mavqeini saqlab qoladi. Masalan, agarda shahar aholisi orasida bir yoki bir nechta kishi vafot etsa yoki boshqa joyga ko’chib ketsa, aholi to’plamligicha qolaveradi. qandaydir korxona yopilsa korxonalar to’plami o’z nomini saqlab qoladi. Ammo yakka korxonaga qarashli asosiy tsex yopilsa, korxona o’z mavqeini yo’qotadi ya’ni ishlamay qo’yadi. SHuningdek, shaharga bir kishi ko’chib kelishi yoki bola tug’ilishi, yangi korxona ishga tushishi bilan mavjud to’plam o’rniga yangisi yoki ikkinchi boshqa to’plam paydo bo’lmaydi. Agarda hodisa yakkayu yagona bo’lib, keyinchalik unga o’xshash hodisa yuzaga chiqishi kutilsa, u holda bu hodisa mustaqil statistika ob’ektini tashkil etadi. Masalan, Asakadagi o’zbek-quriya qo’shma yengil mashinalar ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushishi bilan respublika xo’jaligida yangi tarmoq shakllanishiga asos solindi. Demak, bu korxona statistika, ob’ekti hisoblanadi, chunki keyinchalik unga o’xshash mashinasozlik korxonalari vujudga kelishi mumkin, xaqiqatda ham paydo bo’la boshladi. Statistika so’zi paydo bo’lishidan boshlab, to hozirgacha ham ko’plik, ham birlik sonda ishlatilib kelindi va qo’llanilmoqda. Burunlari mamlakat aholisiga oid ma’lumotlar, turli masalalarni tasvirlaydigan axborotlar tegishli hodisa yoki predmet nomi bilan birgalikda falon voqea statistikalari deb atalar edi, masalan aholi statistikalari (ya’ni soni), uning yosh - jinsiy yoki milliy taqsimoti statistikalari (soni), tug’ilish yoki o’lish statistikalari (soni), savdo statistikalari, baho statistikalari, siyosat statistikalari va hokazo. SHu bilan birga statistika so’zi birlik shaklda ham ishlatildi, jumladan yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning turli diqqatga sazovor tomonlarini tasvirlashga bag’ishlangan davlatshunoslik fani statistika nomi bilan yuritildi. Hozirgi kunda hamstatistika so’zini ko’plik va birlik shakllarda qo’llash uchrab turadi.Jumladan ingliz tilida “statistics” degan so’z bor, u alohida yolg’iz holda ham, boshqa so’zlar bilan birgalikda ham qo’llanadi. Birinchi holda ushbu so’z ko’plik shakliga ega bo’lib, o’zbek tiliga statistikalar deb o’giriladi. Masalan, ilmiy gipotezalarni baholashda qo’llanadigan Styudent, Fisher, K. Pirson singari yetuk ixtirochi olimlar nomi bilan birgalikda ishlatiladigan mezonlar tegishli tarzda t-statistikalar, F-statistikalar, x2-statistikalar deb ham yuritiladi. Ikkinchi holda “statistics” so’zi birlik sonda qo’llanadi, masalan, bussines and economics statistics degan ibora o’zbek tilida “biznes va iqtisodiy statistika” degan mazmunga ega va shunday shaklda o’giriladi. O’z-o’zidan ayonki, bu yerda statistics so’zi birlik sonda ishlatilmoqda. Download 214 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling