Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi
Ta’sischilar bilan hisob-kitoblar hisobi
Download 2.01 Mb.
|
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilar bilan hisob-kitoblar.
3.6. Ta’sischilar bilan hisob-kitoblar hisobi
Korxona ta’sischilari (aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyadorlari, o’rtoqlik jamiyatlarining ishtirokchilari va sh.k.)ning korxona ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi” hisobvarag’ida amalga oshiriladi Korxonaning ta’sischilar oldida dividendlar bo’yicha va chiqib ketayotgan ta’sischilar oldida ularning ulushlari, shuningdek ta’sischilarga ta’sis hujjatlariga kiritilgan o’zgartirishlar davlat ro’yxatidan o’tkazilgunga qadar ular kiritgan ulushlar bo’yicha joriy majburiyatlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi: 6610 “To’lanadigan dividendlar”; 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha qarzlar”; 6630 “Ta’sischilarning ustav kapitalini oshirish bo’yicha ulushlari”. Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilar bilan hisob-kitoblar. Korxonani tashkil qilishda ta’sischilar yoki aktsiyaga obuna bo’lgan shaxslarning qarz summasi 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi” hisobvarag’ining debeti ustav kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (8300) bilan bog’langan holda hisobga olinadi. Ta’sischilarning ulush summalari pul mablag’lari ko’rinishida haqiqatda kelib tushganda 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi” hisobvarag’ining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda yozuv amalga oshiriladi. Moddiy va boshqa qiymatliklar (pul mablag’laridan tashqari) ko’rinishidagi ulushlar 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi” hisobvarag’ining kreditida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi. Korxonaga mulk sifatida aktsiyalarga to’lov uchun natura shaklida berilgan mol-mulk ta’sischilar kelishuvi asosida aniqlangan bahoda kirim qilinadi. 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob (ko’rsatuvchiga aktsiyalardan tashqari) har bir ta’sischi bo’yicha alohida yuritiladi. Quyida ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzini hisobga oluvchi hisobvaraqlarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib chiqamiz: 1) Ishtirokchilar ulushlari summasida (aktsiyaga obuna summasida) ustav kapitalining e’lon qilingan hajmi (korxona ro’yxatdan o’tganidan keyin): D 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi” K 8300 “Ustav kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”. 2) Ta’sischilar korxona mulkiga tugallanmagan qurilish, asbob-uskuna, asosiy vositalarni taqdim etishdi: D 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki D 0700 “O’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki D 0810 “Tugallanmagan qurilish” K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”. 3) Ta’sischilar aktsiyalarga obuna to’lovi sifatida nomoddiy aktivlarni taqdim etishdi: D 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”. 4) Ta’sischilar aktsiyalarga obuna to’lovi sifatida uzoq muddatli va qisqa muddatli investitsiyalarni taqdim etishdi: D 0610 “Qimmatli qog’ozlar” yoki D 5810 “Qimmatli qog’ozlar” K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”. 5) Ta’sischilar korxona mulkiga tovar-moddiy zahiralarni taqdim etishdi: D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki D 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki D 2800 “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”. 6) Ta’sischilarning ulushlari summasi pul mablag’lari ko’rinishida kelib tushdi: D 5000 “Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki D 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki D 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”. 7) Korxonaning ustav kapitaliga ulushlari ta’sischilarning mehnat haqidan ushlab qolindi: D 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”. Download 2.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling