Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish hisobi
Download 2.01 Mb.
|
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish hisobi. Chiqib ketadigan nomoddiy aktivlarning qiymati balansdan hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida korxona balansidan hisobdan chiqariladi:
a) tugatish; b) sotish; c) ayirboshlash; d) tekinga berish; e) ustav kapitaliga ta’sichi ulushi sifatida berish; f) ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchining chiqib ketishi chog’ida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish; g) kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi. Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymatini, nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi bilan bog’liq bo’lgan bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko’rilgan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlash chog’ida ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivni qo’shimcha baholash summasi, ya’ni mazkur nomoddiy aktivni ilgarigi qo’shimcha baholashlar summasining ilgarigi qiymatning kamayishi summasidan yuqorisi bir vaqtning o’zida 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” hisobvarag’i bo’yicha rezerv kapitalini kamaytirish bilan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko’rilgan daromad sifatida 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" hisobvarag’i kreditiga olib boriladi. Nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish bilan bir vaqtda to’plangan amortizatsiya summasi hisobdan chiqarilishi lozim. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromad va zararlar tashkilotning moliyaviy natijalarida boshqa daromad va xarajatlar sifatida e’tirof etiladi. Turli sabablarga ko’ra nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish xo’jalik operatsiyalarini ko’rib chiqamiz: a) nomoddiy aktivlarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida boshlang’ich (tiklash) summasini hisobdan chiqarish uchun berilgan bog’lanish: D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” K 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”; b) nomoddiy aktivlarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida yig’ilgan amortizatsiya summasini hisobdan chiqarish uchun berilgan bog’lanish: D 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”; Nomoddiy aktivlarni chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) aniqlanadi. a) hisobdan chiqarishdan olingan foyda: D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” K 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”; b) hisobdan chiqarishdan olingan zarar: D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”. Hisobot davri oxirida 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaraqlar 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’i bilan yopiladi. a) 9320 hisobvaraqning yopilishi: D 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”; b) 9430 hisobvaraqning yopilishi: D 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» K 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar». Download 2.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling