Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


-chizma. Ishlab chiqarish korxonalarida


Download 2.01 Mb.
bet338/524
Sana29.09.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1690029
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

13.5-chizma. Ishlab chiqarish korxonalarida
javobgarlik markazlari tuzilmasi
Shuni ta’kidlash lozimki, javobgarlik markazlarini aniqlashda korxona texnologik tuzilmasini e’tiborga olish, uni gorizontal va vertikal ko’rinishlarga ajratish zarur.
Gorizontal tuzilmada markaz uchun javobgar har bir shaxs faoliyati doirasi bilan farqlanadi, vertikal tuzilmada esa boshqaruv qarorlari qabul qilishga vakolatli shaxsning harakatlari nazarda tutiladi.
Javobgarlik markazlarining har biri bir vaqtda xarajatlar, daromadlar, foyda yoki investitsiyalar markazi bo’lishi mumkin (13.5-chizma).
Bu chizmaga asoslanib, korxona javobgarlik markazlarining shakllanishini gorizontal va vertikal ko’rinishlarda tahlil qilib chiqish korxona bo’linmalari rahbarlari faoliyatini markaziy boshqaruv xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Javobgarlik markazi rahbari vazifalarni bajarish bo’yicha belgilangan majburiyatlar bilan birga moliyaviy javobgarlikni ham o’z zimmasiga olishi shart. Bunda har bir markaz o’ziga tayinlangan turli funktsiyalarni bajarishi mumkin (ishlab chiqarish, marketing, texnik xizmatlar, hisob, nazorat va h.k.). Mazkur holatda, muayyan funktsiyalar yoki vositalar emas, balki xodim yoki ma’muriyat javobgarlik markazi ob’ekti bo’lib hisoblanadi.


13.4. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiya qilish
usullari va zamonaviy tizimlari


Mahsulot tannarxining ishlab chiqarishni boshqarishdagi ahamiyati. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish jarayonida korxonalar faoliyatida muhim vazifalardan biri ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini to’g’ru aniqlashdir. Mahsulot tannarxi uni ishlab chiqarishga qilingan bevosita xarajatlarning yig’indisini ifodalaydi.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish va xarajatlarni hisobga olish boshqaruv hisobining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi, chunki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi quyidagilar bo’yicha boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi uchun asos bo’ladi:
– qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, qaysilarini esa to’xtatish bo’yicha;
– zarur yordamchi mahsulotlarni sotib olish yoki ishlab chiqarish maqsadga muvofiqligi to’g’risida;
– ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotga baho belgilash borasida;
– ishlab chiqarishni yangi texnika bilan jihozlash bo’yicha;
– ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni rivojlantirish bo’yicha berilgan tavsiyalarni asoslashda.
Boshqaruv hisobida tannarx quyidagi asosiy ob’ektlar bo’yicha aniqlanadi:
– alohida bo’linmalar bo’yicha;
– alohida mahsulot turlari bo’yicha.
Bunda xarajatlarni taqsimlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:
– xarajatlarni ular vujudga kelgan markazlar bo’yicha to’plash;
– xarajatlarni mahsulot turlari bo’yicha taqsimlash.
Xarajatlarni taqsimlash deganda, korxona faoliyatida vujudga kelgan xarajatlarni aniq ob’ektlar bo’yicha guruhlash jarayoni tushuniladi.
Xarajatlar ob’ekti sarflangan xarajatlar hisobga olinishi zarur bo’lgan tashkiliy bo’limdir.
Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi bevosita xarajatlar, resurslardan samarali foydalanishni talab qiladi. Korxonadagi moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini pasaytirish imkonini beradi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda kalkulyatsion birlikni aniq belgilash muhim masala hisoblanadi.
Kalkulyatsiya birligi – bu kalkulyatsiya ob’ekti o’lchovidir. Uni tanlash mahsulotni tayyorlash xususiyatlari, nomenklatura kengligi, o’lchashda qo’llanadigan birliklar, amaldagi andozalar va ishlab chiqiladigan mahsulotning texnik shartlariga bog’liq bo’ladi.
Masalan, sut mahsulotlari bo’yicha kalkulyatsiya obektlarini belgilashda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlariga muvofiq ularning nomi, yog’lilik darajasi va idishning turiga qaraladi. Aytaylik, bir metr sig’imdagi qog’oz idishdagi 3,2% yog’lilikka ega sut, 0,5 metr sig’imdagi polietilen idishdagi 20% yog’lilikdagi smetana, 250 g og’irlikdagi o’rama qog’ozli yog’sizlantirilgan tvorog va h.k.
Amaliy faoliyatda ishlab chiqarish korxonalari kalkulyatsiya birliklarning quyidagi guruhlaridan foydalanadilar:
– tabiiy birliklar – dona, kilogramm, tonna, metr, kub metr, kilovatt-soat va h.k.;
– shartli-tabiiy birliklar - konservalar (quyultirilgan sut) 100 shartli bankalari va h.k.;
– foydalaniladigan (ekspluatatsion) birliklar – quvvat, mahsuldorlik va h.k;
– ishlar birliklari – tashib keltirilgan yukning bir tonnasi, yo’l qoplamasining yuz metri va h.k.;
– vaqt birliklari – mashina-kun, mashina-soat, norma-soat va h.k.



Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling