Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Download 2.01 Mb.
bet476/524
Sana29.09.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1690029
1   ...   472   473   474   475   476   477   478   479   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Hujjatlarni guruhlash - hujjatni qayta ishlash bosqichlaridan biri bo’lib, hujjatlarni hisob registrlariga sintetik va analitik hisobvaraqlarni yozish uchun tayyorlashdir. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda har kuni anchagina miqdorda har xil hujjatlar to’ldiriladi. Agar har bir hujjat buxgalteriya hisobvarag’ining alohida hisobvaraqlarida aks ettirilib borilsa, u holda buxgalteriyada juda katta qiyinchiliklar vujudga keladi. Yozuv ishlarini kamaytirish maqsadida hujjatlar belgilari va yozilgan davriga ko’ra guruhlanadi. Buning uchun mexanizatsiya vositalari va yig’ma hujjatlardan foydalaniladi va ushbu hujjatlar asosida buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
Hujjatlarni taksirovka qilish - hujjatlarda aks ettiriladigan xo’jalik jarayonlarini pul o’lchovida ko’rsatish. Buxgalteriyaga kelgan ko’pgina hujjatlarda natura o’lchovigina ko’rsatilgan bo’ladi. Taksirvkada esa shu hujjatlarda baho va summalar hisoblab yoziladi. Taksirovka hujjatlarni qayta ishlashning bosqichlaridan biri hisoblanadi (hujjatlarni qayta ishlashga qarang).
EHM dan foydlanilgan hollarda taksirovka avtomatik ravishda bajariladi.
Hujjatlarni qayta ishlash - hujjatlarni hisob registrlariga yozish uchun mashina hisoblash stantsiyalariga berish uchun tayyorlash. Buxgalteriyaga kelgan hujjatlar qonuniy va maqsadli xo’jalik muomalalari asosida tuzilganligi, hujjatlar shakliga amal qilinganligi va majburiy hujjat rekvizitlarining mavjudligi (hujjat rekvizitlariga qarang) nuqtai nazardan tekshiriladi. Bundan tashqari arifmetik hisoblashlarga ham ahamiyat berib, tekshirib chiqiladi va guruhlar aniqlanadi (hujjatlarni guruhlash, hujjatlarni taksirovka qilishga qarang). Hujjatlarda aks ettirilgan xo’jalik muomalalari asosida hisobvaraqlar korrespondentsiyasining hisob registrlarida yozilishi bilan hujjatlarni qayta ishlash tugallanadi (buxgalteriya o’tkazmasiga qarang).
Ijara (polyak. - arenda va lat. arrendare - qarzga foydalanishga berish) - shartnoma asosida buyumlarning vaqtinchalik foydalanishga belgilangan ijara haqi to’lovi asosida berilishi.
Buyumni vaqtinchalik foydalanishga beruvchi tomon ijaraga beruvchi, qabul qilib oluvchi esa, ijarachi deb ataladi. Ijara munosabatlarida asosan asosiy vositalar ijaraga berilishi mumkin. Ijara joriy va uzoq muddatli moliyalangan bo’lishi mumkin. Buxgalteriya yozuvi ham shu ijaraning qaysi turda olib borilishiga qarab yuritiladi. (“Ijaraga berilgan asosiy vositalar” qarang).
Ijaraga beruvchi- buyum, moddiy boylik va hokazolarni ijaraga beruvchi yuridik va jismoniy shaxs.
Ijaraga olingan asosiy vositalar - boshqa korxona, tashkilot va muassasalardan (ijraga beruvchilardan) ijaraga olingan asosiy vositalardir.
Agar ijara muddatiga ko’ra 1 yildan yuqori bo’lmasa, qisqa muddatli, agar 1 yildan 3 yilgacha bo’lsa, o’rta muddatli, agar 3 yildan yuqori bo’lsa, uzoq muddatli ijaraga berilgan asosiy vositalar deyiladi.
Qisqa muddatga ijaraga berilgan asosiy vositalar ijaraga beruvchining balansida, ijarachi hisobida esa, balansdan tashqari 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” hisobvarag’ida olib boriladi.
Ijarachi korxona ijaraga olingan asosiy vositalar uchun hisobvaraqasi ochmaydi, ya’ni analitik hisob olib borish uchun ijaraga beruvchidan olingan asosiy vositalar hisobvaraqasidan nusxa yoki ko’chirmadan foydalaniladi.
Ijaradagi asosiy vositalarni tiklash ishlari zarur bo’lib qolganda, xarajatlar shartnomadagi kelishuvga asosan ijarachi yoki ijraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarni tiklash xarajatlari ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshirilsa, bu jarayon umumiy tartibda amalga oshiriladi. Ijarachi hisobida asosiy vositalarni tiklash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlariga qo’shiladi.

Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   472   473   474   475   476   477   478   479   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling