Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi biotexnologiya


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/115
Sana04.11.2023
Hajmi3.93 Mb.
#1746747
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115
Bog'liq
portal.guldu.uz-BIOTEXNOLOGIYA

 
 
Nazorat uchun savollar 
1.Biogaz olish uchun iishlatiladigan asosiy ob’ektlar nima? 
2.Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntiring. 
3.Qaysi ob’ektdan biogas olishni tavsiya etgan bo’lardingiz? 
 
2-laboratoriya mashg’ulot 
Mavzu: Amilolitik ferment faolligini aniqlash 
Ishning maqsadi:Talabalarga amilaza misolida amilolitik ferment faolligini 
aniqlash usulini o’rgatish. 
Tekshiriluvchi material: suyultirilgan so’lak (1-2 tomchi so’lakka 1 ml suv
qo’shiladi). 
Reaktivlar: Natriy xloridning 1% li eritmasi, mis sulfatning 1% li eritmasi, 
kraxmalning 0,5% li eritmasi, uodning kaliy yodiddagi eritmasi (tayyorlanishi 11- 
ilovada).
 Zarur jihozlar: Probirkalar, tomizgichlar, pipetkalar, termostat yoki 
termometrli suv hammomi. 
Kutilayotgan natija: Talabalarda amilaza misolida amilolitik ferment faolligini 
aniqlash usulini qo’llash ko’nikmasi hosil boladi. 
Nazariy tushuncha.
Fermentlardan biologik katalizator sifatida odamlar turli xil soxadagi amaliy 
faoliyatlarida keng foydalanib kelishmoqda. Fermentlar manbai xayvon 
to’qimalari, o’simliklar xujayralari va mikroorganizmlar bo’lishi mumkin. xozirgi 
zamonda ikki mingdan ortiq fermentlar borligi aniqlangan, ulardan bir necha 
yuztasi aloxida modda sifatida toza xolda ajratib olingan. 
Mikroorganizmlar fermentlar ishlab chiqaruvchi manba sifatida aloxida 
qiziqish uyg’otadi, chunki ular arzon muxitda tez o’sadilar. Ishlatiladigan ozuqa 
tarkibiga qarab, kerakli fermentni, xoxlagancha tayyorlash imkoniyatini beradilar. 
Buning ustiga ko’pgina mikroorganizmlar fermentlarni o’z xujayra qobiqlaridan 
tashqariga chiqaradilar, bu esa mikroorganizmlardan yanada faolroq foydalanish 
imkoniyatini yaratadi. 
Metabolizmning katta intensivligidan tashqari mikroorganizmlar biomassasini 
o’sish tezligi juda kattadir. Bu qisqa vaqt orliqida ayrim vaqtlari 24-72 soat ichida 
• Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni
belgilang (Induvidual va guruhda).
• Amaliyotda biogaz olishdagi afzal texnologiyalar haqidagi
ma'lumotlarni jamlang.
Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar:


59 
ferment ajratish uchun juda katta miqdorda xam-ashyo olish mumkin, uni xayvon 
va o’simlik xom ashyolari bilan solishtirib bo’lmaydi. 
Ko’plab mikroorganizmlarning muxim xususiyatlaridan yana biri ular ozuqa 
sifatida xar xil chiqindilardan foydalanib o’sish qobiliyatiga egadirlar (tsellyuloza, 
neft uglevodorodlari, metan, metanol va boshqalar). Mikroorganizmlar foydalana 
oladigan ayrim xom-ashyolar odam va xayvonlar uchun zaxarlidir. Shunday ekan 
mikroorganizmlar fermentlar sintez qilish bilan bir qatorda, atrof-muxit 
muxofazasi uchun xam xizmat qiladilar. 
Ayrim fermentlarning sintezlanish miqdori mikroorganizmlar xujayrasida juda 
yuqori bo’lishi mumkin. Masalan: ribulezobisfosfatkarboksilazaning miqdori 
ayrim vaqtlarda fototrof bakteriyalar sintez qiladigan suvda eriydigan oqsilning 40-
60% ni tashkil etadi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek ko’p mikroorganizmlar katta miqdorda kultural 
muxitga chiqadigan fermentlar xosil qiladilar. Bu fermentlar asosan oqsil
kraxmal, tsellyuloza, yog’larni va boshqa suvda erimaydigan moddalarni 
parchalaydigan gidrolazalarga ta’luqlidir. Bir qancha fermentlar faqat 
mikroorganizmlardagina uchraydi. Molekula xolidagi azotdan ammiak xosil 
qilishda ishtirok etadigan nitrogenaza fermenti azotni o’zlashtirish qobiliyatiga 
ega bo’lgan bakteriyalardagina uchrashi aniqlangan. 
Ayrim bakteriyalarning xarakterli xususiyatlaridan yana biri ularning 
anorganik substratlarni: ammiakni, nitritlarni, sulfid va oltingugurtni boshqa 
birikmalarini, va shunga o’xshash ikki valentli temirni oksidlash qobiliyatidir. 
Bunday jarayonlarni amalga oshishi mikroorganizmlarda aloxida fermentlarning 
mavjudligi bilan bog’liqdir. Bir qancha bakteriyalar va suv o’tlari molekula 
xolidagi vodorod xosil qilishi xamda oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini olib 
boruvchi degidrogenaza fermentlari saqlashi aniqlangan. 
Ko’pchilik bakteriyalar ularga metan, metanol, metillangan aminlarni, uglerod 
oksidini va boshqa bir xil uglerodli birikmalardan substrat sifatida foydalanib, 
o’sish va rivojlanishga yordam beradigan fermentlarni sintezlash qobiliyatiga ega. 
Atrof muxitni, uni ifloslantiruvchi bir qancha moddalardan tozalash 
mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan fermentlar xisobiga amalga oshiriladi, ular 
plastmassa, pestitsidlarni va boshqa zaxarli murakkab birikmalarni oddiy tarkibiy 
qismga parchalab yuboradilar. 

Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling