Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi biotexnologiya
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-BIOTEXNOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test savollari 1
Savol va topshiriqlar
1. Fermentlarning kimyoviy tabiati va biologik roli. 2. Fermentlardagi faol markazlar, ularning ahamiyati. 3. Ferment-substrat kompleksi nimani anglatadi? Ular o’rtasida qanday kimyoviy bog’lar hosil bo’lishi mumkin? 4. Haroratning ferment faoliyatiga ta’siri. 5. Vitamin V 6 qaysi fermentning kofermenti? Uning nomi va struktura formulasini yozing. 6. Laktoza, saxaroza va dipeptidlarga ta’sir qiluvchi fermentlarning ratsional nomenklatura bo’yicha nomini ayting. 7. Oksidoreduktaza fermentlarining kichik sinflari. Ularga misollar keltiring. 8. Fermentlarning ta’sir etish mexanizmi qanday omillarga asoslangan? 9. Fermentativ reaktsiyalarning bosqichlari. 10. Fermentativ reaktsiyalarning o’ziga xos xususiyatlari. 11.Fermentlarning faolligi qanday birliklarda o’lchanadi? 12.Fermentlarning nomenklaturasi va sinflarga bo’linishi. 13. Hujayrada fermentlarning joylanishi. 14.Mavzuga doir atamalar lug’atini yod oling. 15. Mavzuga doir internet ma’lumotlari bilan tanishing. 16.Test savoliga javob bering. 8. Jadvalni to’ldiring Test savollari 1. Fermentlarning noorganik katalizatorlardan farqi: A)oqsil, pH, spetsifikligi, tezligi va boshqalar; B) vitamin bo’lganligi; V) strukturaga ega bo’lganligi; G) multimer bo’lganligi. 2. Xoloferment deb nimaga aytiladi? A) makromolekulalarga; B) multienzimli komplekslarga; V) oddiy fermentlarga; G) murakkab fermentlarga; D) ferment-substrat kompleksiga. 3. Fermentlardagi reaktsiya bosqichlari: A) kompleks hosil qilish; B) har xil kimyoviy bog’lar hosil qilish; V) faollanish, mahsulot hosil qilish, fermentlardan ajralish; G) energiya hosil qilish. 4. Fermentlarning faolligi qanday birliklarda o’lchanadi? A) Mixaelis konstantasi, solishtirma faollikda, oqsil ifodasida; B) spektroanaliz bo’yicha; V) xromatografiya bo’yicha; 80 G) tashqi ko’rinish bo’yicha. 5. Fermentlarning faolligi qanday omillarga bog’liq? A) birlamchi strukturaga; B) harorat, pH, kationlar, aktivatorlar, ingibitorlarga; V) ikkilamchi strukturaga; G) tashqi muhitga. 6. Fermentlarning nomenklaturasi nimalarga asoslangan? A)tasodifiy nomlarga; B) struktura tuzilishiga; V) ratsional, substrat nomi, reaktsiya mahsuloti va aktseptorga asoslangan; G) oqsillarning ikkilamchi strukturasi bo’yicha; D) fermentlarning molekulyar massasi asosida. 7. Fermentlarning sinflanishi qanday tizimga asoslangan? A) kataliz turiga; B) molekulalar turiga; V) molekula massasiga; G) fermentning oddiy yoki murakkabligiga. 8. Fermentlar organizmning qaysi qismida joylashgan? A) hujayralararo suyuqlikda; B) hujayra membranasida; V) molekulalar bog’larida; G) hujayra organoidlari va organizmning hamma qismlarida. 9. ATF ishtirokida hosil bo’ladigan molekularni sintezlaydigan fermentlar qaysi sinfga mansub? A) transferazaga; B) gidrolazalarga; V) liazalarga; G) ligazalarga. 10. Dekarboksillanish fermentlari qaysi sinfga mansub? A) izomerazalarga; B) liazalarga; V) ligazalarga; G) transferazalarga. 11. Tsitoplazmadagi fermentlar pH ning qaysi ko’rsatkichlarida maksimal faollikka ega bo’ladi? A) 7; B) 2-3; V) 4-5; G) 9-10. Kurs mazmunidagi materiallarni o’rganish nazarda tutilgan mavzularda insertdan foydalanish tavsiya etiladi. Insert – lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo’lib, talabalar tomonidan o’quv materialidagi asosiy g’oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qo’llaniladi. Talabalarni insert yordamida ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun ularga o’rganiladigan o’quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi. Talabalar har 81 bir abzatsni o’rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi. Agar abzatsda berilgan ma’lumot shu kungacha o’zlashtirgan bilimlariga mos kelsa, “Bilaman” – V, agar ma’lumotlar tushunarli va yangi bo’lsa, u holda “Ma’qullayman” Q, agar ma’lumotlar talabalar o’zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda “O’rganish lozim”-, talabalar o’quv materiallarini o’zlashtirishda qiyinchilik his etsa, u holda “Tushunmadim” -? belgisini qo’yadi. Insertda foydalaniladigan maxsus jadval Abzatslar № “Bilaman” – V “Ma’qullayman” Q “O’rganish lozim”- “Tushunmadim” -? 1. 2. 3. 4 va h.k. 1.Maltoza qaysi xususiyati asosida Trommer reaktsiyasi bilan ochiladi? 2.Fermentlar eritmasini qaynatganda inaktivatsiyalanishi nima bilan tushuntiriladi va bunga qanday ishonch hosil qilish mumkin? 3.Fermentlar ta’siri anorganik katalizatorlar ta’siridan qaysi xususiyatlari bilan farqlanadi? 4.So’lak amilazasi ta’siridagi spetsifiklikni qanday qilib isbotlasa bo’ladi? 5.Saxaraza fermenti qaysi sinfga kiradi va uning substrati nimadan iborat? 6.Saxaraza ta’siridagi spetsifiklik qaysi reaktsiya bilan isbotlanadi? Saxarozani saxaraza bilan gidrolizlanish reaktsiyasi formulasini yozing. 7.Nega saxaroza gidrolizgacha Trommer reaktsiyasi bilan ochilmaydi? 8.Muhit rN ning ahamiyatini so’lak amilazasiga ta’siri misolida tushuntiring. Qaysi tajribada uni ko’rish mumkin? 9.Qanday moddalar fermentlarning aktivatorlari va ingibitorlari bo’lishi mumkin? Ulardan α-amilaza uchun misollar keltiring. 10.Ferment faolligi birligi nimadan iborat? 11.α-amilazaning diagnostika va terapiyada qanday ahamiyati bor? 12.Fermentlarni aniqlashdagi sifat reaktsiyalarning mohiyati nimada? Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling