Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi
Download 188.12 Kb.
|
Sarvnamolar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 2-rasm Madjerum archasi (sharq biotasi)
2.2 1-rasm Azim archa
Madjerum archasi (sharq biotasi) — yoshi bir yarim ming yildan kam bo‘lmagan tabiat yodgorligidir. Daraxtning uchta yirik shoxi vaqt mashaqqati tufayli, deyarli yerda yotadi. Istagi amalga oshishi istagidagilar daraxt shoxiga mato bo‘lagini bog‘lashlari kifoya. Shoxlarda rang-barang mato bo‘laklari, dastro‘mollar osilib turipti, ularni sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va bardavom nasl so‘rab bog‘lashgan. Shuningdek, daraxtning uchta shoxi tagidan o‘tib, uning shoxlaridan biriga dastro‘mol bog‘lagan ayolning farzandi kutilgan sanada tug‘ilar ekan. Archa haqida mualliflik maqolasi: Madjerum archasi (sharq biotasi) — Nurota-Qizilqum biosfera zahirasi maydonida o‘suvchi tabiat yodgorligi. Tahminiy yoshi bir yarim ming yil. Nurota tog‘larining Madjerum qishlog‘ida, suv tegirmonidan 300 metr balandlikda, soyning chap qirg‘og‘idan 50-60 metr masofada joylashgan (Jizzax viloyatining Forish tumani). Poya aylanasi 24 metr, markaziy shox aylanasi 12 metr, oldida masjid qoldiqlari va eski qishloq joylashgan. Bu sirli joyga kutilmaganda keldim. Aslida, madjerum biotasi yoki bu yerliklarning so‘zi bo‘yicha archani qishning o‘rtasida Madjerum qishlog‘iga kelganimda ko‘rganman. Ammo bunday sayohat menga shunchalik manzur bo‘lganki, bundan buyon meni bu kabi sermazmun sayohatdan qaytarish juda qiyin Zero, yo‘limizda uchraydigan archa, muqaddas qoya, g‘or yoki mato parchasini bog‘lab, tilak qilish bilan birga, soyada hordiq chiqarib, toza muzdak ichib, shunchaki, mangulik o‘yini surish mumkin. 2.2 2-rasm Madjerum archasi (sharq biotasi) Madjerumsoyda bo‘lgan kishi bahaybat daratning shox-shabbalari tegida o‘tirarkan, beixtiyor mangulik haqida o‘ylab qoladi. Yillar zo‘r kelib, daraxtning uchta yirik shoxi yerga qadar egilib qolgan. Aslida, ularni shox deyish qiyin, sababi, ular ulkan daraxt tanasi bo‘lib, bir paytning o‘zida unga bir nechta kishi sig‘adi. Ponalarni mahalliy aholi toshlardan qurgan tayanch-piramidalar ushlab turadi. Ulkan daraxt g‘amxo‘rligi — juda savob ishdir, axir, uning oldida avvallari masjid bo‘lgan. Ko‘plab ziyoratchilar ham bugungi kungacha archa-biota oldiga kelib, yaratganning marhamati va istaklari amalga oshishini so‘rab kelishadi. Shoxlarida rang-barang mato bo‘laklari, ziyoratchi ayollar bog‘lagan dastro‘molchalar osilib turadi, ularni sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va bardavom nasl so‘rab bog‘lashgan. Shuningdek, daraxtning uchta shoxi tagidan o‘tib, uning shoxlaridan biriga dastro‘mol bog‘lagan ayolning farzandi kutilgan sanada tug‘ilar ekan. Mahalliy aholining aytishicha, XX asr boshlarida biota ostida maktab bo‘lib, keng daraxt kovagiga bir vaqtning o‘zida 5-6 kishi sig‘gan. Muqaddas joy, shuningdek, qadimiy islom dini bo‘lishidan oldin shu diyorda yashagan xalq relikti sifatida ham qiziqish uyg‘otadi. Mahalliy homiy-ruhlarni, ya’ni “er egalarini” ilohiylashtirish — dunyoning deyarli barcha xalqlari dinining animalistik e’tiqodining namoyishidir. Biota shu yerlardagi nurota qadamjosi (qorabaliq makoni bulog‘i, masjid, qo‘rg‘on hamda avliyolar mozorlari) kabi mashhur emas, shuning uchun bu yerga muayyan bir kunda atrofdagi qishloq aholisigina kelib, tilaklarini aytib ketishadi. Ayrimlar eski tegirmon oldiga kelib, qurbonlik uchun qo‘y so‘yishadi, shuningdek, loy o‘chog‘larda baquvvat taom tayyorlab, barcha mehmonlarga uzatishadi. Biota-archasi katta yo‘ldan uzoqda o‘sadi. Unga yetib borish uchun uzoq yo‘l yurish lozim. Agar Nurota (Navoi viloyati) orqali Jizzah viloyatining Forish tumani tomon yurilsa, yo‘ldan o‘ngga qayilib, Madjerum qishlog‘i tomon yurish kerak. Madjerumda boshqa toqqa yaqin qishloqdagilar kabi etnik tojiklar yashab kelishadi. Agar omadingiz kelsa, tosh to‘siq va uylar orasidagi tor yo‘lakda bir necha erkaklarni uchratishingiz mumkin. Ular qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, albatta so‘rashtshadi. Lekin qishloq chegarasi tugashi bilanoq, mashina yo‘lagi ham tugaydi. Uyog‘iga soy yoqalab toshlar orasidagi yo‘lakdan yurish kerak. Suv jildirab oqmoqda. Tevarak sukunat bilan qoplangan. Burilishlardan birida ko‘z oldingizda syurrealistik surat namoyish bo‘ladi: tog‘ yonbag‘ridagi toshli tashlandiq uy-qal’a. Ba’zi yerlaridagi devorlar to‘kilgan, shu sababli, ertakona shahardagi qadimiy xarobalarni eslatadi. Bu yer eski qishloq-qo‘rg‘on Madjerumdir. Tog‘ aholisi yaqin vaqtlarga qadar qoyador tog‘ darasida joylashgan mudofaa qishloqlarda istiqomat qilar edi. U yerga ko‘chmanchi-dushmanlar oyog‘i yetmasligi uchun tor yo‘lak orqali yetib olish mumkin bo‘lgan. Madjerum aholisi qo‘rg‘ondan XIX asrning 90-yillarida, xali O‘rta Osiyo Rossiyaga qo‘shilib, ko‘chmanchilar hujumi to‘xtatilishi bilan ko‘chib ketishgan. Eski qishloqdan bir muncha narida, ariqqa yaqin yerda Madjerum masjidi vayronalari bor. Masjid qoldiqlari oldida bahaybat archa atrofga o‘zining ignabarg iforini tarata, ko‘m-ko‘k bo‘lib o‘smoqda. Agar yo‘l boshlovchingiz mahalliy tojik aholisidan bo‘lsa, u sizga albatta daraxtni Aleksandr Makedonskiyning o‘zi urushda halok bo‘lgan lashkarboshi sharafiga ekkani haqidagi afsonani so‘zlab beradi. Faqat halok bo‘lgan sarkardaning ismini hech kim bilmaydi... Agar o‘zboshimchalik bilan sanalarni tarixiy voqealar bilan taqqoslashni boshlasangiz, hafsalangiz pir bo‘lib, yo‘l boshlovchingizni ham ranjitasiz. Shuning uchun chiroyli afsonaga ishonib qo‘yganingiz ma’qul. Tarixga nazar tashlasak, Aleksandr Makedonskiyning qo‘shini Kichik Osiyo, Suriya, Finikiya, Misr, Eronni zabt etib, 329 yilning bahorida Hinduqush tizmasidan o‘tishadi. Uch yil mobaynida Aleksandr Makedonskiy Baqtriya va So‘g‘dni egallab, Samarqandni zabt etadi va Sirdaryoga — saklar yeriga yo‘l oladi. Biroq, Nurota tog‘larigacha u yetib kelmagan.Lekin butun tog‘ atrofi qachonlardir archa o‘rmoni bilan qoplanganligi uydirma emas. Qachondir geologlar g‘arbiy Nurotadan tilla va yog‘och ko‘mir topishgan bo‘lib, archa shaxtalarini eritish uchun tayyorlashgan. Bugun esa bunga ishonish qiyin — tog‘ yonbag‘rilarida o‘tlar va siyrak butalargina o‘sadi. Atrofda bitta ham archa qolmagan, Nurota tog‘larida ham yuztadan sal ko‘proq qolgan. Shuning uchun ham bugungi kungacha bahaybat bo‘lib o‘sib kelayotgan bu daraxt ko‘zni quvontirish bilan birga hayratga ham soladi. Asrlik xotiralarni o‘zina sukunat bilan saqlab kelayotgan shohid magnit kabi o‘ziga tortadi. Barra ignabarg ifor koinot sirini saqlab turganday, go‘yo. Ehtimol, shu sababli madjerumliklar bu yerga masjid qurishgan. Uning devorlari bo‘y barobar saqlanib qolgan. Masjidning ichida va qarshisida yog‘och o‘yma ustunlar, bostirma to‘sinlarga ko‘zingiz tushadi. Baxtimizga, tarix yodgorligi sifatida mahalliy aholida maqbara, masjid va muqaddas joylardagi buyumlardan foydalanish qo‘llanmasi saqlanib qolgan. Mahalliy aholi ehtiyoji qanchalik kuchli bo‘lmasin, masjidning yog‘och bo‘laklaridan foydalanishmaydi, zero, bu gunoh hisoblanadi. Bu materiallarni faqat masjid va maqbaralar uchun foydalanish mumkin. Mana, bu pokizalik va tashlandiq meni, sayyoh sifati bu joyga kelishga chorlaydi. Bu yerda ko‘plab dindorlar yoki shunchaki chiziquvchan shaxslarni uchratmaysiz. Bu yer tinch va salqin, toza suv va ignabarg ifori ufirib, Madjerumning shildirab oquvchi suvi muhitida allalaydi. Download 188.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling