Guliston davlat universiteti boshlang'ich taʼlim va sport tarbiyaviy ishlar yoʻnalishi 7
Download 27.15 Kb.
|
Uzluksiz ta\'lim
Guliston davlat universiteti boshlang'ich taʼlim va sport tarbiyaviy ishlar yoʻnalishi 7 | 20 guruh talabasi Hamdamova Nilufarning nutq madaniyati fanidan referati UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMI UCHUN DAVLAT TA'LIM STANDARTLARINI ISHLAB CHIQISH VA JORIY ETISH TO'G'RISIDA "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta'lim mazmunini tubdan isloh qilish, tayyorlanayotgan kadrlar sifatining respublikada amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talablariga, shuningdek ta'lim, fan, texnika va texnologiyalar rivojlanishining ilg'or jahon darajasiga muvofiqligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. "Davlat ta'lim standartlari to'g'risida"gi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Oldingi tahrirga qarang. (2-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan o'z kuchini yo'qotgan – Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) Oldingi tahrirga qarang. (3-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan o'z kuchini yo'qotgan - Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) 4. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Mehnat vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qo'mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi bilan birgalikda mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi istiqbollarini va kasb- hunar mehnati bozori talablarini hisobga olgan holda: kasb-hunar ta'limi turlari bo'yicha yo'nalishlar, mutaxassisliklar va kasblar klassifikatorini; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim mutaxassislarining malaka tavsiflarini; ta'limning tegishli turini tamomlaganlik to'g'risidagi davlat hujjatlari namunalarini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar. 5. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi Davlat standartlash, metpologiya va sertifikatsiya markazi, ta'lim muassasalariga ega bo'lgan vazirliklar, idoralar bilan birgalikda "Davlat ta'lim standartlari to'g'risida"gi nizomga muvofiq ta'limning tegishli turlari uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqsinlar va: o'rta umumiy ta'limda 1999-2000 o'quv yilida tugallagan holda; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida 1999-2000 o'quv yilida tugallagan holda; oliy ta'limda 1998-1999 o'quv yilida tugallagan holda bosqichma-bosqich joriy etsinlar. 6. Moliya vazirligi davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish bo'yicha innovatsiya loyihalarini Fan va texnika davlat qo'mitasi taqdim etadigan hisob-kitoblarga muvofiq mablag' bilan ta'minlashni nazarda tutsin. 7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-avgustdagi 406-son qarorining 1, 2 va 3-bandlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o'rinbosari A.Azizxo'jayev zimmasiga yuklansin. Download 27.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling