Guliston davlat universiteti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 51-20-guruh talabasi Mirzobekova Shaxnoza, Egamqulova Mohinur, Ibodullayeva Madina, Xudoyberdiyeva Dilorom, Javhanova Azizaning b.s.a.t.f. Fanidan bajargan ishi Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi. Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi. Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarli bo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo’ladilar. O’qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point, Internet, Excel va boshqa maxsus amaliy dasturlar, Multimedia vositalari yordamida yengilgina o’z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin. Buning natijasida o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqish ortadi, o’tilgan mavzuni tushinish, kerakli tushunchani anglash va o’zlashtirish jarayoni tez kechadi. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsada. Uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi. Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida masalalarni hal etish, jadvaldagi qiymatlar bo’yicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin. Exceldagi avtomatik to’ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi. O’qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quydagilardan iborat: 1) O’quvchilarni qo’shish va ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallarining mazmuni bilan tanishtirish; 2) Hisoblash usullaridan O’quvchilarni o’nlik foydalanishlarini ta’minlash; a) sonni qismlari bo’yicha qo’shish va ayirish usuli. B) Yig’indining o’rin almashtirish xossalaridan foydalanish qo’shish usuli. C) sonlarni ayirishda qo’shishning tegishli holini bilishdan yoki yig’indi va qo’shiluvchilardan biri bo’yicha ikkinchi qo’shiluvchilarni topish malakasidan foydalanadigan holda yig’indi bilan qo’shiluvchilar orasida bog’lanishlarni bilganlikda asoslanib ayirish usuli. 3) Qo’shish va ayirish, ko’paytirish va bo’lish ko’nikma, malakalarni shakllantirish. Qo’shish va ayirishni o’rganish ishini o’zaro bog’langan bir nechta bosqichga bo’lish mumkin O’quv materialini o’quv yillari bo’yicha taqsimlanishida o’rganilayotgan sonlar sohasini asta-sekinkengayib borishi ko’zsatiladi. 1-sinf Idan 20 gacha sonlar. 2-sinf Idan 100 gacha sonlar. 3-sinf Idan 1000 gacha sonlar. 4-sinf Idan 1000000 gacha sonlar. Va xakozo ya’ni ko’p xonali sonlar o’rganiladi. Arifmetik amallarga doir material konsentrlarga bo’lib o’rganiladi. Hammasi bo’lib 5 ta konsentr ko’zda tutiladi: o’nlik, ikkinchi o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar. Har bir konsert o’z mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarni aks ettiradi, shiming uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlar ustida amallarni o’rganar ekanlar,umuman arifmetikaning mohiyati to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytishga imkon beradi. O’quv materialini o’quv yillari bo’yicha taqsimlani-shida o’rganilayotgan sonlar sohasining asta-sekin kengayib borishi ko’zda tutiladi: I sinf «1 dan 20 gacha sonlar», II sinf «1 dan 100 gacha sonlar», III sinf «1 dan 1000 gacha sonlar», IV sinf «1 dan 1 000 000 gacha sovdar». Nomerlash va arifmetik amallarga doir material kontsentrlarga bo’lib o’rganiladi. Hammasi bo’lib beshta kontsentr ko’zda tutiladi: o’nlik, ikkynchi o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar (boshlang’ich maktabda – million ichida). Eʼtiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |