Guliston davlat universiteti dehqonova L murodqulov o. Eski o’zbek yozuvi fanidan o’quv uslubiy majmua Guliston-2018 Dehqonova L. Murodqulov O. Eski o’zbek tili va yozuvi Gulistan, 2013


Download 0.64 Mb.
bet58/59
Sana18.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1210079
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
portal.guldu.uz-Eski yozuv majmua

GLOSSARIY
Abjad- son tushunchasini harflar bilan ifoda etish.
Alifi maqsurayozuvda yoziladi, ammo talaffuz qilinmaydi.
Izg’i – arab alifbosidagi zo harfi.
Izofa – aniqlovchi va aniqlanmish, qaratqich va qaralmish munosabatlarini ifodalovchi tushuncha.
Isloh tuzatish, o’zgartirish degan ma’noni anglatadi.
Itqi – arab alifbosidagi to harfi.
Kalligrafiya – tub ma’nosi husnixat,chiroyli yozuv degani.
Kasiba – to’rt yilda bir marta keladigan 29 kunlik fevral oyi.
Kasra arab satr usti belgisi, qisqa i- unlisini bildiradi.
Kufiy arab xati turi, Kufa shahrida VII asrda asos solingani uchun xati kufiy deyiladi.Qur’on nushasi ham dastlab kufiy harflarda ko’chirilgan.
Kotib – yozuv bilan shug’ullanuvchi shaxs.
Lutf – yumshoq, yaxshi muomila.
Madda arab satr ustki belgisi, harfni cho’zib o’qishga ishora qiladi.
Ma’qaliy – arab xati turi.
Muttasil harflar – har ikki tomondan qo’shilib yoziluvchi harflar.
Mo’nfasil harflar – o’zidan oldingi harfga qo’shilib, keyingisiga qo’shilmaydigan harflar.
Nasx – arab xati turi, “to’g’ri” degan ma’noni bildiradi.
Nastaliq – arab xati turi, “nasx” va “ta’liq’’xatlarining o’zaro birikuvidan vujudga kelgan yozuv turidir.
Pish – fors diakritik belgisi harakat ham deyiladi, o’- qisqa unlisini ifodalaydi.
Qamariy harflararabcha oy harflari, ular 14 ta.
Riqo – arab xati turi.
Sukun – arab satr ustki belgisi, undosh harf ustiga qo’yiladi.
Suls – arab xati turi bo’lib arab tilida “uchdan bir” degan ma’noni anglatadi.
So’g’d (Opomiy) – O’rta Osiyodagi qadimgi yozuv turiidir.
Ta’liq – arab satr turi bo’lib, taliq ya’ni osilib turuvchi, ilingan yozuv uslubi bo’lib XV asrda ijod etilgan.
Tavqe’ – arab xati turi.
Tanvin – arab satr usti belgisi, alif harfiga qo’yiladi, fathali tanvin-an o’qiladi, kasrali tanvin-in, zammali tanvin-un o’qiladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling