Guliston davlat universiteti dehqonova L murodqulov o. Eski o’zbek yozuvi fanidan o’quv uslubiy majmua Guliston-2018 Dehqonova L. Murodqulov O. Eski o’zbek tili va yozuvi Gulistan, 2013


Download 0.64 Mb.
bet51/59
Sana18.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1210079
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
Bog'liq
portal.guldu.uz-Eski yozuv majmua

Muhokama uchun savollar:
1. Forsiy izofa nima?
2. Fors izofasi ko`rsatkichi nima?
3. Izofali birikmalar qanday o`qilishi lozim?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari
1. Quyidagi izofali so`z birikmalarini o`qing, yozilishi va o`qilishini izohlang:
2. Tubandagi so`z birikmalari asosida gap tuzing. Eski o`zbek yozuviga aylantiring: nuqtai nazar, labi xandon, ofati jon, tarjimai hol, sarvi ravon, qomati zebo, sarvi qad, g`amzai jonon.


Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
1. Izofa ﺍﺿﺎﻔة so`zining lug`afiy ma’nosi qo`shish va bog`lash
2. Fors izofasininig ko’rsatkichi e urg’usiz tovushidir
3. Forsiy izofa ko`rsatkichi, odatda, yozuvda aks etmaydi
MAVZUGA OID ADABIYoTLAR:
1. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1989
2. Abdullayev S., Oqilov M. O`qish kitobi Toshkent 1994
3. Isoqov F. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1995
4. Kollektiv O`qish kitobi Toshkent 1994


Mavzu: “Qo`lyozma asarlarga xos yozuv usullari”
Darsning maqsadi: Talabalarga qo`lyozma asarlarda uchraydigan yozuv usullari haqida tushincha berish.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Uyga vazifani so`rash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Darsni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa berish.
Darsning jihozi: Darslik kitob, qo`lyozma asarlardan namunalar va tarqatma material.
REJA:
1. Qo`lyozma asarlarda yozuv usullari.
2. Qo`lyozma asarlarni o`qish.
Arab alifosidagi harflarning yozilishiga asoslanib, ular faqat ana shunday shaklda ifodalanadi deb o`ylash unchalik to`g`ri emas. Yuqoridagi fikrlarimizni arab harflarining yozilishidagi temir qonun, muhr ma’nosida tushinmaslik kerak. Chunki asrlar davomida arab harflari sayqallanib, turli xil usul va shakllarda yozib kelingan. Turli joylarda, turli zamonlarda ko`chirilgan qo`lyozma manbalarni kuzatsak, ulardagi yozuv bir-biridan keskin farqlanib turishining guvohi bo`lamiz. Hatto muayyan bir qo`lyozmaning o`zida ham ayrim so`zlarturli shakllarda yoziladi. Bu esa arab harflarini yozishda ma’lum bir qoidaga rioya qilinavermasligi, yozuvda har bir xattot o`z didi va saviyasiga muvofiq tarzda o`zgarishi mumkinligini anglatadi.
Shuning uchun ham har bir qo`lyozmani to`g`ri va ravon o`qish uchun xattotning yozuv uslubiga xos xususiyatlarini ham o`rganib chiqish kerak, qolaversa, yozuvda arab harflarining turlicha ifodalanishi yana shu bilan ham izohlash mumkinki, ko`plab xat turlaridan voqif bo`lgan xattotlar ko`chirish jarayonida arab xatining boshqa turlariga xos yozuv usullarini ham ishga solishgan. Natijada nasta’liq xati shikasta, suls, nasx, riqo’ kabi xat turlariga xos yozuv belgilarini ham muayyan darajada o`ziga singdirgan.
Ma’lumki, arab yozuvining bosma shakli nasx xatiga o`xshash bir chiziqda izchil bosiladi. Yozma shaklida esa ma’lum prinsip ko`rinmaydi. Unda ba’zi harflar, so`zlar satr chizig`idan tushirib yozilsa, ayrimlari satr chizig`ida yoziladi. Ba’zi qo`lyozmalarda harf nuqtalari bejo qo`yib ketiladi. O`sha nuqtaning qaysi harfga tegishli ekanligini kontekst mazmuni orqaligina bilish mumkin bo`ladi. Ba’zan esa ikki harf uchun bitta nuqta qo`yiladi. Bunday holda biz o`sha nuqtani ikkala harfga ham qo`yib o`qishimiz lozim. Xullas, arab imlosini o`qishda zukkolik va topqirlik juda zarur. Masalan: “xazon” so`zi aslida quyidagicha yoziladi:
Bu so`z qo`lyozma manbalarda tubandagicha holatda ham uchraydi:

Bundagi harf tepasiga qo`yilgan bitta nuqta he hamda ze harflariga tegishli yoki -pichoq so`zining ana shunday usulda yozilishini olaylik. Unda harf ostidagi nuqtalar uchala harfga ham tegishli ekanligini anglab etamiz: - pichoq.
Turli harflarga tegishli bo`lgan nuqtalar ba’zan bir joyda yig`ma holatda ham beriladi. Masalan: - bir so`zi yozma shaklda tarzida ham bitiladi.
Shuningdek, yozuvda ayrim harflar, so`zlar bir-birlarining ustiga mingashtirilgan holatda ham bitilishini ko`ramiz, masalan:



- osmon






- kitob





- isbot






- soqi

Bunday shaklda yozish ko`pincha shoirlarning devonlarida uchraydi. Xattotlar misralarni bir qolipga tushirish, satrdagi so`zlarni bir qatorga sig`dirish maqsadida atayin shunday shaklda yozadilar.
Misol sifatida Fuzuliy devonidan bir baytning yozilishini keltiraylik:

Ey Fuzuliy, qilmazam tarki tariqi ishqkim,
Bu fazilat doxili ahli kamol aylar bani.
Xattotlar hatto ba’zi qo`lyozmalarda harflarning nuqtalarini umuman qo`ymasdan yozib ketganlar. Bu esa kitobxondan topqirlik, zukkolik va katta bilimdonlikni talab etadi. Bunga javoban xattotlar tilida qadimdan bir naql yuradi: “Oqilon payi nuqat maravand”. Buning ma’nosi: Oqil kishilar uchun o`qish jarayonida nuqta qo`yilgan-qo`yilmaganligini ahamiyati yo`q.
Yozma shakllarda harflarni ifodalashda muayyan prinsipga rioya qilinmasligini yana bir misol bilan ham izohlash mumkin.

Ma’lumki,


(dol), (zol), (re), (ze), (vov) harflari munfasil harflar bo`lib, ular o`zidan chap tomonda keladigan harflarga qo`shilmaslik xususiyatiga ega. Yozma manbalarda ba’zan ana shu qoidaga ham amal qilinavermaydi. Masalan:





- boda






- nahorda



- davron






- maydon

Eski o`zbek tilida imlo va punktuasiya qoidalari mukammal bo`lmaganligi sababli ba’zan so`z va qo`shimchalar qo`shilib, ba’zan ajratib yozilgan. Masalan:



-dan






- saroydan

-lar








- xonlar

Xullas, arab alifbosi asosidagi eski o`zbek yozuvini to`g`ri o`qish va o`rganish uchun ikki narsaga alohida e’tibor qilish kerak: birinchisi, o`qilayotgan matnning umumiy ruhi va mazmunini anglab olish, jumla, har bir so`zning ma’nosi va ohangini ilg`ash, qisqasi, kontekstdan kelib chiqqan holda o`qishga intilish bo`lsa, ikkinchisi, tinimsiz o`qish, mashq qilish, turli xil qo`lyozmalarni ko`zdan kechirish, boy malaka va tajribaga ega bo`lishdir. Bularsiz arab yozuvini to`la va puxta o`zlashtirib bo`lmaydi. Eski o`zbek tilidagi o`zma yodgorliklarni varaqlar ekanmiz, ularda arabcha va fors-tojikcha so`zlar, iboralar benihoya ko`p ekanligini ko`ramiz. Shuning uchun ham lug`at ustida ishlash, so`zlarning ma’nolarini bilish, yozilish usullarini yodda saqlash ravon o`qish va to`g`ri yozishning muhim omilidir.





Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling