Muhokama uchun savollar:
- ﺸﻤﺻﻰ shamsiy harflar nechta ?
- ﺍﻞ alning vazifasini nima?
- ﺸﻤﺻﻰ shamsiy va ﻗﻤﺮﻰ qamariy harflar nimada farqlanadi?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
Shamsiy harflar guruhini uch qatordan daftaringizga yozing va misollar keltiring.
Qamariy harflar guruhini uch qator yozing va yodlang.
3.Qamariy ﻗﻤﺮﻰ harflar ishtirokidagi so’zlarga 15 ta misol keltiring.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
Shamsiy harflar 14 ta
Qamariy ﻗﻤﺮﻰ harflar ham 14 ta
Shamsiy harflar ﺍﻝ artiklidan keyin kelganda ﺍﻝ al artiklidagi ﻝ lom talaffuz etilmay, keyingi harf ﱢ tashdid bilan o’qiladi.
MAVZUGA OID ADABIYoTLAR:
Abdusamadov M. Fors tili. 45-50 betlar.
Jumaniyozov R. Eski o’zbek yozuvi. 121-128 betlar.
Xalilov. Fors tili.5-20 betlar.
Mavzu. Eski o’zbek yozuvida raqamlarning ifodalanishi .
1. Arab raqamlarining ifodalanishii. .
2. Arab raqamlarningning vazifasi.
Dars maqsadi: Eski o’zbek yozuvida raqamlarning ifodalanishii to’g’risida talabalarda tushunchalar hosil qilish.
1- savol bayoni
Hozirda biz qo’llayotgan raqamlar arab raqamlari deb yuritilsada.ular uzoq asrlik taraqqiyot mobaynida shaklan o’zgarishlarga uchragan. Eski o’zbek tili yodgorliklarida sahifani raqamlash-tartiblash ikki uslda namoyon bo’ladi:birinchisi raqamlar ,ikkinchisi –poygir orqali
Eski o’zbek yozuvida raqamlar arab raqamlari bilan ifodalanadi:.
Birliklar
1-۱ 2- ۲ 3- ۳ 4 - ۴ 5 - ۵ 6 - ۶ 7- ۷ 8- ۸ 9- ۹ 10 - ١٠
O’nliklar
10- ۱٠ 20-۲٠ 30-۳٠ 40-۴٠ 50-۵٠ 60-۶٠ 70-۷٠ 80-۸٠ 90-۹٠
Yuzliklar
100-۱٠٠ 200-۲٠٠300-۳٠٠400-۴٠٠ 500- ٠٠ 600-۶٠٠700-۷٠٠800-۸٠٠
900-۹٠٠
Mingliklar
1000-۱٠٠٠ 2000-۲٠٠٠3000 -۳٠٠٠4000-۴٠٠٠ 5000-۵٠٠٠ 6000-۶٠٠٠700-7000-۷٠٠٠8000-۸٠٠٠9000-۹٠٠٠
Yozma yodgorliklardagi raqamlarning ayrimlari biz qo’llayotgan raqamlarga o’xshaydi.
9- ۹ 1- ۱ 0 ٠
2.Yozma yodgorliklardagi sahifani raqamlash kam uchraydi.Odatda , sahifani yuqorida qayd etilgani dek poygir bilan beriladi. Ho’sh .poygir nima o’zi ?
Poygir so’zining lug’aviy ma’nosi qadam olmoq bo’lib, ﭙﺎ po- oyoq hamda ﮒﺮﻔﺗﻥ giriftan
olmoq fe’lining hozirgi zamon nigizi o’zaro birikuvidan hosil bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |