Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


-mavzu: O‘rta Osiyoning iqlimi


Download 1.47 Mb.
bet18/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

4-mavzu: O‘rta Osiyoning iqlimi.
Reja:
1. O‘rta Osiyoning iqlimini hosil qiluvchi omillar.
2. O‘rta Osiyoning iqlimi.
Asosiy tushuncha va iboralar: suvayirg‘ich, geotizim, tizma, botiq, cho‘kma, tog‘ tuguni, qalqon, plato, plita, yassi tog‘, sertepa tekislik, daryo o‘zani, daryo vodiysi, tog‘oraliq vodiysi, tog‘ oraliq botiqlari.
1-savol bayoni: O‘rta Osiyoning iqlimini hosil qiluvchi omillar. O‘rta Osiyo iqlimining umumiy xususiyatlaridan biri juda katta miqdorda quyosh radiatsiyasi olishi, qurg‘oqchiligi (namning kamligi) va uning mo‘‘tadilligidadirki, ular meteorologogik elementlarning yillararo va yil bo‘yi notekis taqsimlanishida ifodalanadi. SHuni aytish kerakki, eng issiq va eng sovuq oyning o‘rtacha temperaturasining tebranish amplitudasi 300 (ayrim joylarda 400)ga etadi, u yoki bu oyning yog‘in – sochin miqdori o‘rtacha ko‘p yillikdan 2-4 baravar ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘rta Osiyo iqlimining kontinentalligi uning orografik omili bilan bog‘lanadi. O‘rta Osiyoning janubi va janubi-sharqida tog‘ tizmalarining mavjudligi va shimolda orografik to‘siqlarning yo‘qligi, yuqori kengliklarning sovuq havolari tekisliklarda to‘siqsiz bemalol tarqaladi va janub tomondagi tog‘lardan o‘taolmasdan tog‘ oldida uzoq turib qoladi. CHunki kirib kelgan sovuq havoning vertikal qalinligi, juda ko‘p hollarda tog‘ tizmalarining balandligidan pastdir. YOzda shimoldan kelayotgan sovuq havo tez isiydi, shuning uchun yoz oylarida O‘rta Osiyoning janubida va shimoliy Eron va Afg‘onistonda havo haroratida farq sezilmaydi. Lekin, qishda uning xususiyati juda sekin o‘zgaradi. SHu tufayli qish O‘rta Osiyo respublikalarida ular bilan chegaradosh bo‘lgan Eron va Afg‘oniston hududlariga nisbatan ancha sovuq: yanvar oyining o‘rtacha harorati Turkmanistonning janubida va Eron hamda Afg‘onistonga nisbatan farqi qishda 5-100 ga etadi. O‘rta Osiyoning iqlimini hosil qiluvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat: 1. Geografik o‘rni; 2. Katta miqdorda quyoshdan issiqlik olishi; 3. Atmosfera umumiy sirkulyasiyasining o‘ziga xos xususiyatlari: ochiq kunlarning doimiyligi yoki bulutli ob-havoning hosil bo‘lishiga imkon berishi; 4. Orografik tuzilishi; 5. YOzda mahalliy termik dipressiya (Turon termik dipressiyasi)ning vujudga kelishi; 6. Inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling