Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi
Download 1.47 Mb.
|
Majmua O\'rta Osiyo
YOzda (iyun – avgust oylarida) Quyosh nur sochib turadigan davri nur sochish mumkin bo‘lgan davrning 84-95% ni, qishda (dekabr - fevral) esa 40-50% ni tashkil etadi. O‘rta Osiyoning tog‘li qismida Quyoshning nur sochib turish davri tekislikka nisbatan 600-700 soat kam bo‘ladi: tog‘larning 2000 metr balandlikkacha bo‘lgan qismida Quyosh yiliga o‘rtacha 2300-2500 soat nur sochib turadi. Buning asosiy sababi tog‘ yon-bag‘ir bo‘ylab ko‘tarilgan sari bulutli kunlarning ortib borishi, tog‘ yon-bag‘irning quyoshga nisbatan holati (shimol, janub va hokazolar)dir. Region hududida Quyoshning nur sochib turish davri va u bilan bog‘liq xolda yalpi radiatsiyasining miqdori ham o‘zgarib turadi. SHu sababli Toshkentda Quyosh yiliga o‘rta hisobda 2889 soat nur sochib tursa, eng janubda joylashgan Termizda bu ko‘rsatkich 3095 soatni tashkil etadi. Bu Moskva shahri oladigan quyosh radiatsiyasi miqdoridan ikki marta (1600) ko‘p demakdir. O‘rta Osiyo iqlimining tashkil topishida atmosfera sirkulyasiyasining (havo massalarining almashinib turishi) roli muhimdir. Umumlashtirib aytilsa, o‘lka hududiga asosan uchta mo‘‘tadil, Arktika va tropik havo massalari ta’sir etib turadi. Qish oylarida O‘rta Osiyoga ko‘proq Arktika va mo‘‘tadil havo massalari ta’sir etadi. Arktika havo massalari SHimoliy Muz okeanidan G‘arbiy Sibir va Ural orqali, shuningdek, shimoliy – sharq tomondan SHarqiy Sibir orqali kirib keladi. Bu havo tipik sovuq havo bo‘lib hisoblanadi. Sibir antitsiklonining markaziy o‘qi O‘rta Osiyoning shimolida ancha kuchli bo‘lib, u Ustyurtning janubi – Quyi Amudaryo – Qarotov chizig‘igacha bo‘lgan hududlarda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. SHuning uchun O‘rta Osiyoning shimoliy qismi uzoq davom etadigan, qattiq sovuqli, erimay uzoq turadigan qor qatlamli qishga xosdir. O‘rta Osiyoning janubiga esa sovuq faslda siklon jarayonlarning rivojlanishi xos bo‘lib, qishi yog‘in-sochinli, o‘zgaruvchan, qor yupqa qatlamni tashkil etishi bilan xarakterlanadi. Ayrim yillari, Sibir antitsikloni O‘rta Osiyoning janubiga ham kirib borib havoni sovutib yuboradi. SHuning uchun o‘lkada haroratning yillik tebranib turishi (amplatudasi) katta ko‘rsatkichlarga ega. O‘rta Osiyo iqlimining juda ham kontinentaligi uning o‘ziga xos xususiyatidir. Qishda O‘rta Osiyo hududiga ba’zan iliq tropik havo massalari Eron-Afg‘oniston tomonidan kirib keladi. Natijada, O‘rta Osiyoning janubiy qismida mo‘‘tadil mintaqa sovuq havosini Eron va Afg‘onistondan kirib kelgan iliq tropik havosidan ajratib turuvchi qutb fronti vujudga keladi. Front chizig‘i atrofida ob-havo beqaror bo‘lib, siklonlar harakati kuchayib Kaspiy dengizining Janubi va Kopetdog‘ bilan Paropomiz tog‘larining oralig‘ida Tajang va Murg‘ob vodiylari orqali O‘rta Osiyoga kirib keladi hamda SHimoliy-SHarq tomonga qarab harakat qiladi, oqibatda Qozog‘iston hududida u kuchsizlanib qoladi. Siklonlar o‘zi bilan issiq tropik havo massalarini olib kelganligi tufayli ular qoplab olgan joylarda havo ilib (harorat 15-200 gacha ko‘tariladi), bulutlar ko‘payib, natijada yog‘inlar yog‘adi. Qishda siklonlar SHarqqa va SHimoliy-SHarqqa qarab harakat qiladi, oqibatda O‘rta Osiyoga shimoliy – g‘arbdan, shimol va g‘arbdan mo‘‘tadil (qutbiy), ba’zan Arktika havo massalari kirib keladi. SHuni eslatib o‘tish kerakki, ba’zan qishda Arktika sovuq havo massasi kelib uzoq vaqt turib qolsa havoning harorati juda ham pasayib ketadi. Masalan 1930, 1948, 1949 yillarning yanvar, 1969 yilning dekabr oyida havo harorati – 350 sovib ketgan. 1969 yilning dekabr oyida esa G‘allaorol botig‘ida havoning harorati – 400 gacha pasaygan. Yilning issiq faslida O‘rta Osiyoning tekislik qismida Janubda havo harorati yuqori bo‘lgan muhitda past atmosfera bosimli oblast vujudga keladi. Tekislikda bu harorat baland oblastdan kirib kelayotgan havo massalari juda ham qizib er yuzida o‘z xususiyatlarini o‘zgartiradi, bu hol esa yuqori haroratli quruq Turon termik depressiyasining vujudga kelishiga olib keladi. Natijada, siklonik jarayonlar O‘rta Osiyoning shimoliy yarmida rivojlanadi, janubda esa issiq, quruq yog‘insiz tinch ob-havo vujudga keladi. Siklonik jarayonlar O‘rta Osiyoning shimolida tez rivojlanib kech bahor va yoz oylarida ko‘p yog‘in yog‘ishiga sababchi bo‘ladi, yoz janubga nisbatan qisqa, mo‘‘tadil kengliklar havosi ta’sirida o‘tadi. Vaqti-vaqti bilan janubdan kirib keladigan tropik havo massalari qisqa muddatli, ta’siri uncha sezilarli emas. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘rta Osiyoning tekislik qismining markazida hosil bo‘lgan turon termik depressiyasi deb ataluvchi past bosimli oblast, yozda atrofidagi yuqori bosimli oblastlardan havo massasini xuddi so‘rg‘ich (nasos) kabi tortib olishi oqibatida shimoldan, shimoli-g‘arbdan va g‘arbdan salqin havo massasi Turon past tekisligi tomon esadi. Ammo, Turon tekisligi qizib ketganligi tufayli o‘zining ob-havosini u qadar o‘zgartira olmaydi, faqat uning haroratini 3-100 gacha pasaytiradi, binobarin havo ochiq, quruq, nisbiy namlik kam bo‘lib, kondensatsiya jarayoni qiyinlashadi, natijada yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. O‘rta Osiyo iqlimining shakllanishida uning orografik tuzilishi katta ta’sir ko‘rsatadi. mintaqaning sharqi, shimoli-sharqi, g‘arbi va shimoliy qismi ochiq. SHu sababli yuqorida aytganimizdek O‘rta Osiyoning hududiga shimol, shimoli-g‘arb va g‘arbdan keluvchi havo massalari hech to‘siqsiz bemalol kirib keladi. O‘lkaning janubi va janubi-sharqiy qismlarida tog‘lar bilan o‘ralganligi uning iqlimiga muhim ta’sir ko‘rsatib, namlik va issiqlikni qaytadan taqsimlaydi. O‘rta Osiyoning orografik tuzilishi ayniqsa uning hududida yog‘in-sochinni qaytadan tarqalishida muhim rol o‘ynaydi. Bir xil balandlikka ega bo‘lgan tog‘larning g‘arbiy, janubi-g‘arbiy yon-bag‘irlariga ko‘p yog‘in tushsa, nam havo massalariga qarama-qarshi yon-bag‘irlariga juda kam yog‘in tushadi. O‘rta Osiyoda tipik quruq subtropiklar shakllangan rayonlar bu Surxandaryo vodiysining Boysun rayoni va janubi-g‘arbiy Turkmanistonning eng chekka qismidir. Bu erlarda subtropiklarning tashkil topishi bevosita orografik omilga bog‘liq. Masalan, baland Hisor tog‘lari shimoldan keladigan sovuq Arktika havosining janubga - Surxandaryo vodiysiga o‘tishiga to‘sqinlik qilib, Boysun rayonida yil bo‘yi haroratning yuqori bo‘lishini ta’minlab, subtropik iqlimning shakllanishiga imkon beradi. O‘rta Osiyo orografik tuzilishining uning iqlimiga, meteorologik elementlarning xususiyatlariga va landshaftlariga ta’sir etishi haqida ko‘plab misollar keltirish mumkin. O‘rta Osiyo tog‘li va tog‘ bilan tekislik tutashgan rayonlarda juda ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan, vaqti-vaqti bilan esib turadigan mahalliy shamollar «Afg‘on», «Qo‘qon», «Xavost», «Baom» va boshqalardir. Ana shu shamollarning hammasining vujudga kelishi ham bevosita orografik omil bilan bog‘liq holda hosil bo‘ladi. Turon pasttekisligining juda katta maydonlari qumli cho‘llar bilan (Qoraqum, Qizilqum) hamda sho‘rxoklar bilan qoplangan. Bu erda o‘simlik qoplami yo‘q qilinib yuborilgan. YUqorida aytib o‘tilganidek, O‘rta Osiyo tekislik qismi juda katta miqdorda quyosh radiatsiyasi oladi. SHuning uchun yoz vaqtlari Turon pasttekisligida havo juda qizib o‘zgarib (tranformatsiya) ketib, past bosimli, turon termik depressiyasi hosil bo‘ladi. Yilning issiq vaqtlarida, ayniqsa yoz oylarida O‘rta Osiyo iqlimining juda ko‘p xususiyatlari, ana shu Turon termik dipressiyasining ta’siri bilan belgilanadi. YA’ni, haroratning balandligi, yog‘in-sochinlarining bo‘lmasligi va h.k. O‘rta Osiyo iqlimining o‘ziga xos xususiyatlariga, keyingi vaqtlarda inson xo‘jalik faoliyati sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Zavod va fabrikalardan, issiqlik elektro-stansiyalaridan va millionlab avtomashinalardan chiqqan chiqindi gazlar, bevosita ayrim meteorologik elementlarning o‘zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, shahar va shahar atrofi o‘rtasidagi yog‘in-sochin miqdori, havoning harorati, shamolning tezligi, tumanli kunlarning ko‘pligi bo‘yicha tafovutlar ortib bormoqda. O‘rta Osiyoda 60 dan ortiq suv ombori qurilgan, sug‘oriladigan erlar maydoni 7,8 mln gektarni tashkil etadi, bularni hammasi bevosita mintaqa iqlimiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Keyingi vaqtlarda Orol dengizining qurishi, nafaqat dengiz atrofining, balki butun O‘rta Osiyoning iqlimiga sezilarli darajada aniq ta’sir ko‘rsatmoqda. Eksperimental kuzatishlar natijasida shu narsa aniqlandiki, Orol dengizi atrofidagi hududlarda yanvar oyining o‘rtacha harorati pasayib, iyulniki ortib, bahorda sovuq tushish vaqti 12 kunga surilsa, aksincha, kuzgi sovuq tushish vaqti 12 kun avval boshlanmoqda. 1975 yildan boshlab, Orol dengizining qurigan qismi va dengiz atrofida chang-tuz bo‘ronlari ko‘tarila boshladi. Bu hudud uchun yangi antropogen hodisadir. O‘rta Osiyoda havo haroratining taqsimlanishi quyoshdan oladigan radiatsiyaga, er usti tuzilishiga va boshqa omillarga bog‘liq. Umuman olganda, O‘rta Osiyoning tekislik qismida harorat shimoli – g‘arbdan, janubi – sharqqa qarab ko‘tarilib boradi. Masalan, yillik o‘rtacha harorat Nukusda 110 bo‘lsa, To‘rtko‘lda 12,40, Qoraqolpoqda 14,80, Termezda 17,80, SHerobodda esa 180, Samarqandda 140 ni tashkil etadi. O‘rta Osiyo tekislik qismining shimolidagi cho‘llar, qishda Sibir antitsikloni ta’sir doirasida bo‘lgani uchun qish qattiq, uzoq davom etib, sovuqli kunlar bo‘ladi va qor qoplami uzoq yotadi. YOzi ancha qisqa, juda ham issiq emas. O‘lka tekislik qismining janubiy tomonlari – janubiy cho‘llar qishi yumshoqligi, qor qoplamining uzoq turmasligi, sovuq kunlarning issiq kunlar bilan almashib turishi va o‘simliklarning vegetatsiyasi davom etishi bilan xarakterlanadi. YOg‘in – sochinning 70-90% i qish va bahor oylariga, shundan eng ko‘pi bahorga to‘g‘ri keladi. SHimoliy cho‘llarda yanvar oyning o‘rtacha harorati shimolda –150, -160 bo‘lsa, uning janubiy qismida -80 gacha tushadi. Janubiy cho‘llarda qish mutlaqo boshqacha sharoitda kuzatilib, ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi. Qizilravot – Atrek vodiysida yanvar oyning o‘rtacha harorati +50 ni tashkil etadi. Bu erga iliq tropik havo kelganda qish oylarida havo harorati +220, +250 gacha ko‘tarilib ketadi. Janubiy cho‘llarda ham qish ancha iliq bo‘lishiga qaramasdan Sibir antitsikloni yoki Arktika havosi kirib kelganda minimal harorat shimolda – 320 ga, janubda –260 ga tushib ketganligi kuzatilgan. 1947 yil qish juda sovuq kelganda harorat Ashxabodda –220, Kattaqo‘rg‘onda –350, Tomdibuloqda esa –350 bo‘lgani kuzatilgan. Iyul O‘rta Osiyo hududining barcha rayonlari uchun eng issiq oy hisoblanadi. Iyul oyning o‘rtacha harorati janubiy cho‘l zonasining shimolida +27 +280 bo‘lsa janubida +31 +320 ni tashkil etadi. YUqori harorat esa +46, +480, +500 gacha etadi. SHimoliy cho‘l zonasining yozi janubga nisbatan qisqaroq, havo va tuproq usti harorati yuqori bo‘lmaydi. Iyul oyining o‘rtacha harorati shimolda +200 bo‘lsa, janubda +270 ni tashkil etadi. Eng yuqori harorati may oyida 40, 450 bo‘ladi. O‘rta Osiyoda namlikning, ya’ni yog‘in-sochin miqdorining tarqalishi ikkita qonuniyatga bo‘ysunadi; 1) – tekislik qismida mutlaq balandlikning ahamiyati ikkinchi o‘ringa tushib qoladi. O‘rta Osiyoning eng kam yog‘in–sochin tushadigan rayonlari uning shimoli – g‘arbiy qismlarida Quyi Amudaryo zonasida joylashgan. Masalan, Xivada 79 mm, Nukusda 82 mm, Tomdida 108 mm. Janubga qarab kelgan sayin, ya’ni mutlaq balandlikning oshib borishi bilan yog‘in-sochin miqdori oshib boradi: SHofirkonda 120 mm, Navoiyda 177 mm, Qarshida – 225 mm. Tog‘ oldi zonasiga yaqinlashgan sari yog‘in-sochin miqdori yana ortadi: u Qamashida 327 mm, Samarqandda 328 mm, Toshkentda – 359 mm, Jizzaxda – 425 mm ga otib boradi. Tog‘li rayonlarning ichki qismida yog‘in-sochin tarqalishi orografik sharoit bilan belgilanadi. G‘arbiy Pomirda 2000-2500-5000-6500 m mutlaq balandlikda 1500-1800 mm yog‘in yog‘sa, 4000 m balandlikda SHarqiy Pomirning Qorakul rayonida bor - yo‘g‘i yiliga 40 mm yog‘in-sochin tushadi. Sababi: birinchidan, G‘arbiy Pomir SHarqiy Pomirga nisbatan ancha balandlikda (6000-7500 m gacha etadi) joylashgan, shuning uchun g‘arbdan kelgan nam havo massalari G‘arbiy Pomir yon-bag‘irlariga urilib bor namlikni beradi. Ikkinchidan, havo massalari SHarqiy Pomirga oshib tushganda iliydi (adiabatik jarayon) va to‘yinish nuqtasidan uzoqlashadi, natijada bu rayonga juda kam yog‘in-sochin tushadi. Masalan Qorako‘l rayonida yillik namlik 40 mm dan oshmaydi. O‘rta Osiyo tog‘li va tog‘ oldi rayonlari uchun xos bo‘lgan fyon, garmsel, tog‘ – vodiy shamollari bor. Fyon shamollari qishda ko‘proq kuzatilib, tekislik qismida past bosimli vaziyat vujudga kelganda, tog‘lardan sovuq havoning pastga qarab harakat qilishiga sabab bo‘ladi. Tog‘ yon-bag‘ir bo‘ylab pastga tushib kelgan havo zichlashib, har 100 mda 0,60 isiydi, oqibatda tog‘ oldiga etib kelganda havoning harorati ancha ko‘tariladi. O‘rta Osiyoda fyon shamollari ko‘p esadigan rayonlaridan biri CHirchiq – Ohangaron vodiysidir. Garmsel shamollari O‘rta Osiyoning janubiy va janubi – g‘arbiy rayonlari uchun xos bo‘lib, u yoz faslida, ya’ni may – avgust oylarida kuzatiladi. Garmsel esganda havoning namligi keskin tushib, harorat ko‘tarilib ketadi. 1959 yil garmsel shamollari Turkmanistonning subtropik rayonlariga katta zarar etkazgan. O‘rta Osiyoning iqlimini o‘ziga xos xususiyatlari nimada? O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining janubiy qismi bilan shimoliy qismlari orasidagi kunning davomiyligida qanday farqlar kuzatiladi? O‘rta Osiyo iqlimining keskin kontenintalligiga sabab nimada? O‘rta Osiyoning Janubiy qismida yillik radiatsiya miqdori qancha? Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling