Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi" fanidan
5. Kreditning asosiy shakllari va turlari
Download 312.5 Kb.
|
70 19 To'xtayev Bunyod Kurs ishi Iqtisodiyot nazariyasidan (2)
26
5. Kreditning asosiy shakllari va turlari. Kapitalistik formatsiyaga qadar kreditning sudxo'rlik shakli keng tarqalgan bo'lib- bu qarz oluvchiga ma'lum foiz asosida qaytarib berish sharti asosida beriladigan pullik ssudadir. Sudxoʻrlik kreditining obyekti bo`lib sudxoʻrlik kapitali hisoblanadi. Sudxo'rlik krediti ibtidoiy tuzilmaning yo'qolib (tarqab) ketishi va ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni paydo boʻlishi hamda jamiyatda mulk differensiyatsiyasi natijasida tovar — pul munosabatlarining rivojlanishi davrida vujudga kelmasdir. Sudxo'rlar krediti yer garovi asosida natura va pul shaklida berilgan.nKreditorlik tuzumi davrida sudxo'rlik krediti yanada rivojlandi. Feodalizm davrida esa kreditning pul shakliga o'tishi to'la-to'kis amalga oshirildi. Pul boyliklarini sudxoʻrlar qo`lida to'planishi kapitalning birlamchi jamg'arilishiga turtki (sababchi) bo'ldi. Sudxo'rlik kreditida qarz oluvchilar bo`lib — asosan mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar-dehqonlar va xunarmandlar, ya'ni kreditdan o'zlarining zaruriy iste'mol tovarlarini va ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan talablarini, kreditor va savdogarlarga soliqlarni va qarzlarni to'lash jarayonida foydalanganlar. Bu qarz va toʻlovlar xramlarga, monastirlarga, cherkovlarga to`langan. Sudxoʻrlik 27 kapitalining xarakterda bo‘lgan. Pul kapitali qaytarib berishlik, to‘lovlilik va foiz stavkasi asosida berilgan. Bunday kreditlarning xususiyatlari bo‘lib: — qarzdorlar boʻlib savdo — sanoat ishlab chiqaruvchi shaxslar ishtirok etganlar; — qarz mablagʻlari — kapital sifatida, ya'ni qo`shimcha qiymat olish vositasi sifatida foydalanilgan; — ssuda foizi manbasi bo'lib — yollanma ishchilarning haq to`lanmagan mehnati qiymati hisoblanadi. Bu davrda kredit turli shakllarni egallaydi (oladi). Ular asosan qatnashuvchilarning turiga, ssuda obyektiga, kredit foizi hajmiga va harakat qilish muhitiga qarab farqlanadi (guruhlanadi). Shunga ko'ra kredit bir necha shakllarga boʻlinadi. Tijorat krediti. Tijorat krediti — bu faoliyat koʻrsatuvchilar tomoni- dan bir-birlariga oʻzaro to'lovni kechiktirish sharti bilan tovar shaklida beriladigan kreditdir. Tijorat kreditini obyekti — tovar kapitali hisoblanadi. Tijorat kreditida kreditor va qarzdorlar boʻlib faoliyat ko`rsatuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) hisoblanadi. Tijorat kreditining cheklanishlari mavjud bo'lib ular: — faoliyat ko`rsatuvchilarning zaxira kapitallari hajmi bilan cheklanganligi, ya'ni unga hozirgi davrda oborot (Muomala) uchun zarur bo`lmagan kapital bilan cheklanganligi; — yo'nalishiga ko`ra, uni ishlab chiqarish vositalarini ishiab chiqaruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish vositalarini 28 iste'mol qiluvchilarga berishi mumkin, ammo teskarisi bo`lishi mumkin emas. Tijorat kreditidan farqli o'laroq bank krediti nafaqat tovarlar muomalasiga xizmat koʻrsatadi, balki yanada kengroq muhitda faoliyat ko`rsatadi. Bank krediti — pul egalari, banklar va boshqa kredit institutlari tomonida ishlab chiqaruvchilarga hamda boshqa qarz oluvchilarga pul shaklida beriladigan ssudalardir. Bank kreditining obyekti — pul kapitalidir. Bank kreditida ishlab chiqaruvchi shaxslar (faoliyat koʻrsatuvchilar) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar boʻlib esa ssuda kapitali egalari hisoblanadi.Bank krediti jamiyat barcha sinflarini pul daromadlari va jamg'armalarini kapitalga aylantirib, kapitalni jamg'arilishiga sababchi bo`ladi. Tijorat krediti veksel bilan hujjatlashtiriladi. Tijorat kreditiningfoizi, tovarlar pog'onasiga va veksel summasiga qoʻshiladi va u bank krediti foizidan past bo‘ladi. Bank kredit foizining maqsadi ssudalar hisobiga daromad (foyda) olishdir. Tijorat krediti va bank kreditining ba’zi bir umumlashtirilgan tomonlarini o'zida aks ettiruvchi kredit bu iste`mol kreditidir. Download 312.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling