Toʻlovlilik tamoyili. Bu tamoyil aylanma fondlarning doiraviynaylanishini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta'min-blovchi to'lov resurslari summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelibnchiqadi.
Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag'lari uchun kreditorga foiz shaklida to'lovni oʻtkazadi. Kreditning to`lovligi uni toʻliq summada o`z egasiga qaytarilishimgina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi toʻlov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o'z mablag'larini hech vaqt oʻz hajmida qaytaribnolish sharti bilan bermaydi, bunda u mablagʻni
22
qarzga berganligi uchun muayyan to'lov talab qiladi
(foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno).
Kreditning to'lovliligi nafaqat banklar faoliyatining maqsadiga, balki korxonalarning bevosita foydasiga bogʻliq bo'ladi va ijobiy ta'sir ko`rsatadi.
Kredit uchun haq to`lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi qo`shimcha olingan foydaning taqsimlanishininqayd qilishda namoyon bo'ladi. Ko'rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotida uchta asosiy funksiyasini bajaruvchi bank foizi me'yorini oʻrnatish
jarayonida namoyon bo`ladi:
-huquqiy shaxslar foydasining va jismoniy shaxslar daromadining taqsimlanishi;
-ishlab chiqarishni tartibga solish va ssuda kapitalining taqsimlanishi orqali tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro miqyosda aylanish
-iqtisodiyot rivojlanishining inqirozli bosqichida bank mijozlarining pul mablagʻlarini inflatsiyadan himoyalash va boshqalar;
-ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad summasining berilgan kredit summasiga nisbat; bilan aniqlanib, kredit resurslarining bahosi sifatida namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |