Guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Davr mobaynida mehnat sarfi
Download 192.31 Kb.
|
muhammad
Davr mobaynida mehnat sarfi
9.1-rasm. Ikkita ishlab chiqarish omili ma’lum vaqg mobaynida o`zgarganda mahsulot ishlab chiqarish chizmasi. Izokvantlar 9.1-jadval ma’lumotlariga mos keladi, biroq mayda ko`rsatkichlardan foydalanishga imkon berish uchun bir tekis egri chiziq shaklida chizilgan. Masalan, Q, izokvantida ishlab chiqarish omillarining barcha o`zaro nisbati berilgan, ulardan foydalanish 55 birlik mahsulotni beradi. Nuqtalardan ikkitasi, A va D, 9.1-jadvalga muvofiq belgilangan, biroq egri chiziqning qolgan qismlari izokvantning oddiy ko`rinishida berilgan. A nuqtada bir mehnat birligi va 136 uch kapital birligi 55 birlik mahsulot olishni ta’minlaydi; ayni vaqtda D nuqtada shu hajmda mahsulot chiqarishga uch mehnat birligi va bir kapital birligining o`zaro nisbati bilan erishiladi. Q2 izokvantda 75 birlik mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi ishlab chiqarish omillarining barcha o`zaro nisbati joylashgan, bulardan to`rtga nuqga 9.1-jadvalda chizib ko`rsatilgan mehnat bilan kapitalning o`zaro nisbatiga muvofiq joylashgan. Q3 izokvant Q-dan yuqori va o`ng tomonda yotibdi, chunki unda ikkala ishlab chiqarish omillarining shunday o`zaro nisbati berilganki, ularda Q, da ishlab chiqariladigan mahsulot hajmidan ko`proq mahsulot ishlab chiqariladi. Izokvantlar farqsizlik egri chizig’iga o`xshash, biz ulardan iste’mol tanlovi nazariyasini o`rganishda foydalanganmiz. Farqsizlik egri chizig’i iste’molni qondirish darajasining pastdan yuqoriga borishini ifodalaydi, izokvantlar esa mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`rsatadi. Biroq, farqsizlik egri chizig’idan farqli o`laroq har bir izokvant mahsulot ishlab chiqarishning ma’lum darajasi bilan bog’liq. Ayni vaqtda, farqsizlik egri chizig’iga mos keluvchi «raqamlar» ifodasi faqat tartib shaklida e’tiborga sazovor, ya’ni yuqoriroq darajadagi naflilik «yuqoriroq» farqsizlik egri chizig’i bilan bog’liq. Biroq biz izokvant vositasida mahsulot ishlab chiqarishning alohida darajasini anikdash usuli bilan naflilikning alohida darajasini o`lchay olmaymiz. Izokvantlar kartasi alohida izokvantlar yig’indisidan iborat bo`lib, ularning har biri, omillarning muayyan nisbatida erishiladigan maksimal mahsulot ishlab chiqarishni ko`rsatadi. Izokvantlar kartasi ishlab chiqarish funktsiyasini ifoda etishning muqobil usuli bo`lib, xuddi farqsizlik egri chiziqlari kartasi kabi naflilik funktsiyalarini ifoda etuvchi uslublardan biri hisoblanadi. Izokvantlarning cheksiz miqtso- ri izokvantlar kartasini tashkil etadi. Har bir izokvant turli hajmda mahsulot ishlab chiqarish bilan tasvirlanadi va bu hajmlar chizmada yuqoriga va o`ngga siljish bilan ortib boradi. Izokvantlar firmalarning ishlab chiqarish bo`yicha echimlarining qanchalik moslashuvchan ekanligini ko`rsatadi. Ko`p hollarda, firmalar ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatidan foydalanib, ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga erishishlari mumkin. Firma rahbari bunday moslashuvchanlikning tabiatini tushunishi zarur. Bu rahbarga ishlab chiqarish omillarining shunday o`zaro nisbatini tanlab olish imkonini beradiki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini minimumlashtiradi va foydani maksimumlashtiradi. Download 192.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling