Guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish


Download 192.31 Kb.
bet6/9
Sana26.11.2021
Hajmi192.31 Kb.
#177945
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
muhammad

3.Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish

Ishlab chiqarish va uning xarajatlari to`g’risida gapirganda, ular qisqa muddatda va uzoq vaqtda amal qilishining farqiga borish muhimdir. Qisqa muddatli deb ishlab chiqarish omillarining hech bo`lmaganda birontasini ham 137 o`zgartirib bo`lmaydigan vaqtga aytiladi Shu vaqt davomida o`zgara olmaydigan omillarni doimiy ishlab chiqarish omillari deyiladi. Masalan, firmaning kapitalidan foydalanish yo`nalishini o`zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar va boshqa asbob-uskunalar buyurtirilishi va joylashtirilishi kerak, buning uchun bir yil va undan ortiq vaqg ketadi. Uzoq muddatli davr deb barcha omillarga o`zgartirish kiritish uchun etarli bo`lgan vaqt mobayniga aytiladi. Bunday omillar o`zgarib turadigan omillar deyiladi. Qisqa muddatli vaqt davomida firmalar ma’lum bir zavoddan va asbobuskunalardan foydalanish intensivligini o`zgartirishi mumkin.

Uzoq muddat davomida esa ular zavodning quvvatini ham o`zgartirishi mumkin. Barcha jalb etilgan ishlab chiqarish omillarining qisqa muddatli davrdagi holati firmalarning uzoq vaqtga mo`ljallangan echimlari bilan bog’liq bo`lib, bu echimlar ma’lum tovarlarni sotishdan tushadigan foydaning hisob-kitobiga asoslangan. Har bir alohida holatda qisqa muddatdagi va uzoq muddatdagi omillar harakatini farqlash zarur. Masalan, idishdan quyib sotiladigan bolalar limonadi uchun uzoq muddatli vaqt bir yoki ikki kunni, neftkimyo yoki avtomobil qurilishi firmalari uchun esa 10 yilni tashkil etadi.

Rasm qisqa va uzoq muddatda omillar harakati o`rtasidagi farqni o`rganish imkonini beradi. Faraz qilaylik, (A nuqtada) firma bir dona (birlik) mehnat resurslari va 3 birlik kapitaldan foydalanib 55 birlik (dona) oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarmoqda, biroq u mahsulot ishlab chiqarishni 90taga etkazmoqchi. Mehnat sarflari 30 dollar/soatni, kapital sarfi atigi 10 dollarni tashkil etgani uchun 55 dona mahsulot ishlab chiqarishning, umumiy qisqa muddatli xarajatlari 60 dollarga teng.

Uzoq muddatli davrda kapital ham, mehnat ham o`zgarib turadigan ishlab chiqarish omillari bo`lgani uchun, masalan, E nuqgada mahsulotni qo`shimcha ishlab chiqarish xarajatlari 110 dollarni tashkil etishi mumkin. Bu, bir dona mehnat resursi va ikki dona kapitaldan qo`shimcha foydalanish bilan bog’liq. Biroq, qisqa mudtsatli davr davomida biz ikkala omilni bir vaqgda qo`llay olmaymiz. Demak, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning birdan-bir usuli A nuqtadan S nuqtaga siljigan holda mehnat omilini, ya’ni, mehnat sig’imini 1dan Zgacha ko`paytirishdir. Afsuski, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari 120 dollarni tashkil etadi, bu uzoq muddatli xarajatlarga (E nuqga) qaraganda 10 dollar ortiq.

Firmalar doimo qisqa muddatli ishlab chiqarishga doir qarorga keladilar va ayni vaqgda uzoq muddatli davrda omillarni o`zgartirishni rejalashtiradilar. Qisqa muddatli davrda mahsulot ishlab chiqarishni 55dan 90 donagacha ko`paytirish firmaga soatiga 60 dollarga tushadi. Biroq, uzoq mudtsatli davrda agar ishlab chiqarish jarayonitsa ikki dona (birlik) kapital qo`shimcha ravishda foydalanilsa bu sarflar 50 doll. soatga pasayishi mumkin.

Biroq ayni vaqtda uch mehnat birligvdan foydalanib 90 dona mahsulot ishlab 138 chiqaradi. Qo`shimcha kapital kelib qo`shilgan vaqgda firma o`zi kiritadigan mehnat omilini kamaytirishi va foydani ko`paytirishi mumkin.

Bitta o`zgaruvchan ishlab chiqarish omili sharoitida ishlab chiqarish

Kapital katiy belgilangan ishlab chiqarish omili bo`lib, mehnat esa o`zgaruvchan hisoblanuvchi holatni ko`rib chiqamiz. Bu holda firma ishlab chiqarishni asosan mehnat resurslaridan foydalanish hisobiga ko`paytiradi. Tasavvur qiling, masalan, Siz kiyim ishlab chiqaruvchi fabrikani boshqaryapsiz. Ixtiyoringizda doimiy (o`zgarmas) miqdorda asbob-uskuna mavjud, ammo Siz asbob-uskunani foydalanish va kiyim tikish uchun oz yoki ko`p ishchi yollashingiz mumkin. Siz qancha kishi yollash va qancha kiyim ishlab chiqarishni hal qilishingiz kerak. Bir qarorga kelish uchun ishlab chiqariladigan mahsulot Q miqdori foydalaniladigan mehnat resurslari L o`sgan sari qanday ko`payishini (agar umuman ko`paysa) bilish zarur.

Jadvalda mehnat sarfi turlicha va kapital sarfi doimiy bo`lgan sharoitda 10 birlikka teng ishlab chiqarish hajmi keltirilgan (birinchi ustun — mehnat sarfi, ikkinchisi — kapitalning o`zgarmas miqdori va uchinchisi — ishlab chiqarish hajmi). Mehnat sarfi nulga teng bo`lganda, ishlab chiqarish hajmi ham nul bo`ladi. Mehnat sarfi sakkiz birlikkacha oshganda ishlab chiqarish hajmi o`sib boradi. Bu nuqtadan yuqorida ishlab chiqarish hajmi kamayadi. Bungacha har bir qo`shimcha mehnat sarfi asbob-uskunalarning mehnat unumdorligini oshirgan, biroq ko`rsatilgan bu nuqtadan keyin qo`shimcha mehnat sarflari to`la bo`lmay qoladi va samaraga qarshi bo`lib qolishi mumkin (yig’ish liniyasidan ikki kishiga qaraganda besh kishi yaxshi foydalanishi mumkin, biroq o`n kishi bir-biriga xalaqit berib ishlaydi).

Bitta o`zgarib turuvchi omil qo`llangandagi ishlab chiqarish natijalari


Mehnat sarfi
(L)

Kapital sarfi (K)

Ishlab chiqarish
hajmi (Q)

O`rtacha
mahsulot

(Q/L)


Chegarali
mahsulot

(DQ/DL)


0

10

0

__

__

1

10

10

10

10

2

10

30

15

20

3

10

60

20

30

4

10

80

20

20

5

10

95

19

15

6

10

108

18

13

7

10

112

16

4

8

10

112

14

0

9

10

108

12

-4

10

10

100

10

-8



Download 192.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling