Guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Ishlab chiqarish omillari bir-birining o`rnini bosishi


Download 192.31 Kb.
bet8/9
Sana26.11.2021
Hajmi192.31 Kb.
#177945
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
muhammad

5.Ishlab chiqarish omillari bir-birining o`rnini bosishi

Har bir izokvantning burchak koeffitsenti, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o`zgarmagan holda bir ishlab chiqarish omilining o`rnini ikkinchisi qanday qilib bosishini ko`rsatadi. Burchak koeffitsientining mutlaq ko`rsatkichi texnologik o`rnini bosishning chegarali me’yori deyiladi(MRTS).

Kapitalni — mehnat bilan MRTS belgilangan mahsulotni ishlab chiqarishda bitga qo`shimcha mehnat birligidan foydalanish hisobiga kapital qisqartirilishi mumkinligini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkich, iste’mol nazariyasida esga olingan chegarali o`rnini bosish me’yori (MRS)ra o`xshashdir. MRS kabi MRTS ham hamisha musbat ko`rsatkich hisoblanadi. Matematik shaklda (MRTS) = - foydalanilgan kapital miqdorining o`zgarishi / mehnat sarflarining o`zgarishi, yoki

MRTS = - LK /AL,

bunda AK va AL alohida izokvant (yoki doimiy Q) dagi kapital va mehnatning katta bo`lmagan o`zgarishini ifodalaydi. Ta’kidlash joizki, 6.5-rasmda meqnat sarflari 1 dan 2 birlikka ko`paygan va mahsulot ishlab chiqarish 75 birlik darajasida bo`lganda texnologik o`rnini bosish 144 me’yori (-AK/AL) 2 ga teng. Biroq, mehnat sarflari 2 dan 3 birlikka ko`payib va keyinchalik, 2/3 dan 1/3 gacha kamayganda MRTS 1 gacha pasayadi. Kapital qancha ko`p mehnat o`rnini qoplasa mehnat unumdorligi shuncha past bo`ladi, kapitaldan foydalanish esa samaraliroq bo`ladi. Shuning uchun, mahsulot ishlab chiqarish hajmini doimiy miqdorda ushlab turish uchun kapitalni minimal miqdorda kamaytirish zarur. Bunday holatda izokvant bir tekis tus oladi.

Izokvantlar egri chiziqlari botiq shaklda bo`ladi, ya’ni MRTS izokvant bo`ylab pastga siljigan sari qisqaradi. Texnik o`rnini bosishning chegarali me’yori har qanday ishlab chiqarish omilining ishlatish samaradorligi cheklanganligini ko`rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonida kapitalning o`rnini ko`proq mehnat bosishi uning unumdorligini pasaytiradi. Xuddi shunday tarzda mehnatning o`rnini ko`proq kapital bosishi uning qaytimini kamaytiradi. Ishlab chiqarish uchun ikkala omilning mutanosibligi zarur.

Taxmin qilganimizdek, MRTS mehnatning chegarali mahsuli MPL va kapitalning chegarali mahsuloti MRK bilan jips bog’liq.

Buni ko`rish uchun faraz qilaylik, mehnat sarflari bir oz ko`paytirilgan va kapitaldan foydalanish mikdori bir oz kamaytirilganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi o`zgarmay qoladi. Mehnat xarajatlarining ko`payishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishning o`sishi qo`shimcha mehnat birligiga (mehnat chegarali mahsuliga) to`g’ri keladigan qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishni qo`shimcha mehnat birligiga ko`paytmasiga teng.



Xuddi shunday tarzda foidalanilgan kapitalni kamaytirish natijasida ishlab chiqarish hajmining kamayishi — bu kapital birligiga hisoblagan ishlab chiqarish hajmi kamayishining (kapital chegarali mahsulini), qisqartirilgan kapital miqdoriga ko`paytmasiga teng: kapitalni kamaytirish natijasida ishlab chiqarishning pasayishi = (MRK) (DK) bo`ladi.

9.5-rasm. Texnik o`rnini bosishning chegarali (marginal) me’yori.

Barcha izokvantlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi doimiy qoldirilgani uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi nulga teng bo`ladi.

Shunday qilib:

(MPL) (AL) + (MRK) (DK) = 0

Endi, shartlarni o`zgartirgan holda, ko`ramizki:

(MPL) (MRK) = -(AK/AL) =MRTS (6.2.)

Tenglama (9.2.)dan ko`rinib turibdiki, alohida izokvant uchun ishlab chiqarish jarayonida kapitalning o`rnini mehnat bosishi chegarali kapital chegarali mahsulotini ko`paytiradi va mehnatning chegarali mahsulotini kamaytiradi. Ikkala o`zgarishning umumiy natijasi, bu texnik o`rnini bosishning chegarali me’yori pasayishi va izokvantlarning tenglashish holatidir.

Ishlab chitsarish funktsiyalari — ikki alohida holat

Ishlab chiqarish jarayonida bir omilning o`rnini boshqasi bosish imkoni chegaralarini hisobga olish uchun ishlab chiqarish funktsiyasining ikkita alohida holatidan foydalanish mumkin. 6.6-rasmda ko`rsatilgan birinchi holatda omillar eng maqbul ravishda bir-birining o`rnini bosadi.



Bu holatda MRTS izokvantning barcha nuqgalarida doimiy (o`zgarmas). Bu holatda bir miqtsordagi mahsulot faqat mehnat bilan, faqat kapital bilan yoki har ikkalasi o`zaro bog’liq holda ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, Q hajmda mahsulot ishlab chiqarish faqat kapital hisobiga (A nuqgada), faqat

9.6-rasm. Ishlab chiqarish omillari eng maqbul o`rin almashganda ishlab chiqarish funktsiyasining o`zgarish tavsifi.

mehnat hisobiga (S nuqtada) yoki ikkala omillar hisobiga (V nuqtada) yuz beradi. Odatda bunday holat uchramaydi, biroq bir qator holatlarda firmaning ishlab chiqarish jarayoniga oqilona yondashishini ta’minlaydi. Masalan, yo`l yoki ko`prik ustidagi telefon-avtomatga avtomatik ravishda yoki texnik-xodimlar yordamida xizmat ko`rsatilishi mumkin. Boshqa misol, musiqa asboblarini ishlab chiqarish to`la avtomatlashgan mashinalarda yoki yuqori malakalari mutaxassislar mehnati bilan amalga oshadi. 9.7-rasm mutlaqo teskari holatni — omillar tarkibi o`zgarmagan holdagi ishlab chiqarish funktsiyasini ko`rsatadi. Bu holatda bir omilni boshqa omil bilan almashtirish mumkin emas (iloji yo`q). Mahsulot ishlab 146 chiqarishning har bir ma’lum hajmi mehnat va kapitalning ma’lum nisbatda o`zaro bog’liqligini talab qiladi. Ishlab chiqarishni o`stirish uchun mehnat va kapital sarflarini ma’lum nisbatda ko`paytirish zarur. Natijada, 9.7-rasmda izokvantlar to`g’ri burchak shakliga ega bo`ladilar. Bunday funktsiya uchun betondan qilingan sayrgoh yo`lakchalarini pnevmatik bolg’alar yordamida ta’mirlash misol bo`la oladi. Ikkita ishchi va bitta bolg’ani yoki ikkita bolg’a va bitga ishchining ishlashi bilan mehnat unumdorligi o`smaydi. Boshqa misol — taksi xizmatiga, kundalik sharoitda bir haydovchi va bir mashina kerak.

9.7-rasmda A,V va S nuqtalari kiritilgan omillarning texnik jihatdan o`zaro samarali bog’lanishini ko`rsatadi. Masalan, Q hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun A nuqgada L miqdorda mehnat va K miqdorda kapital foydalaniladi. Agar K,da kapital o`zgarmas bo`lsa mehnat sarflarining ko`payishi hsulot ishlab chiqarish hajmini o`zgartirmaydi.



9.7.-rasm. Omillar tarkibi o`zgarmas bo`lgan holdagi ishlab chiqarish funktsiyasi.

Shuningdek, L, da mehnat sarflari o`zgarmas bo`lsa, kapitalning ko`payishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini, o`zgartirmaydi. Shunday qilib, to`g’ri burchakli izokvantlarning tik va yotiq qismlarida mehnatning chegarali mahsuloti ham, kapitalning chegarali mahsuloti ham nulga teng. Ham kapitaldan ham mehnatdan foydalanish ko`paysa, ya’ni ishlab chiqarish omillarining ma’lum nisbatda o`zaro bog’lanishi A dan V ga o`zgarsa, mahsulot chiqarish ko`payishi mumkin.

Masalan, televizion spektaklni sahnalashtirish kapital (kamer ovoz asboblari va hokazo) bilan mehnat (rejisyor, ijrochi va b.)ning ma’lum nisbatda o`zaro bog’lanishini talab etadi. Televizion spektakllar sonini ko`paytirish uchun barcha ishlab chiqarish omillarini ko`paytirish kerak bo`ladi. Xususan, mehnat sarflarini qisqartirish hisobiga kapital sarflarini ko`paytirish murakkab, chunki ijrochi 147 (aktyor)lar zaruriy ishlab chiqarish omili hisoblanadi (ehgimol hayvonlar to`g’risidagi filmlar bundan mustasnodir. Xuddi shuningdek, kapitalni mehnat bilan almashtirish qiyin, chunki filmlar va spektakllarni qo`yish juda murakkab asbob-uskunalarni talab etadi.




Download 192.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling