Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
Download 0.96 Mb.
|
portal.guldu.uz-Stol tennisi (majmua)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet saytlari
- 1-Savolninig bayoni Raketka ushlash texnikasi
- 2-Savolninig bayoni
Qo’shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.Toshkent “O’zbekiston” – 2017 y. 2. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy amaliy-anjumani materiallari. –2018-2019. 3. Sport gazetalari. 2019-2020 yillar. G’pagesG’stol-tennisi-haqida-malumot Internet saytlari 1. www.tdpu.uz 2. www.pedagog.uz 3. www.edu.uz 4. www.nadlib.uz (A.Navoiy nomidagi O‘z.MK) 5. http:G’G’ziyonet.uz — Ziyonet axborot-ta’lim resurslari portal 2-Mavzu. O’YIN TEXNIKASI Asosiy savollar: 1. Raketka ushlash texnikasi 2. Zarbalar tasnifi 3. Zarba berish texnikasi Stol tennisi texnikasi turishdan, joy almashtirish va zarbalarni o‘z ichiga oladi. Texnikani o‘rgatishda dastlab, sportchiga raketkani ushlash qoidalarini tanishtirib o‘tish lozim. 1-Savolninig bayoni Raketka ushlash texnikasi Raketkani ushlash ko‘p tomondan o‘yin texnikasini belgilab beradi. Ushlashning ikki xil osiyocha («rego» tutish) va evropacha raketka tutish usullari mavjud. Osiyocha usulda raketka vertikal, Evropacha usulda gorizontal holatda tutiladi. Osiyocha ushlashda bosh va ko‘rsatgich barmoqlar erkin tarzda bir xil kuch bilan dastani ushlaydi va raketkani boshqaradi. 0‘ngdan zarba berilganda, raketkaga bosh barmoq kuchi chapdan zarba berganda ko‘rsatgich barmoq bilan bosim beradi. “Pero” usuli bilan tutilganda, tennischi bir necha texnik usullarni o‘zlashtiradi, ularni mukammallashtiradi va barcha zonalarda muvaffaqiyatli hujum qiladi. Ammo bu usulda ushlash texnik imkoniyatlarni cheklaydi. Bunday ushlashda Sharga kuchli aylanma zarba berish qiyin. Gorizontal ushlashda ko‘proq, raketkaning dastasi uchta barmoq bilan ushlanadi. Ko‘rsatgich barmoq raketkaning dastasi chekkasi bo‘ylab orqa tomondan tutadi. Bosh barmoq old tomondan tutadi va o‘rta barmoqqa tegib turadi. Evropacha ushlashning asosiy afzalliklari: stol yonida ko‘proq siljilmasdan o‘ng va chapdan, hujumkor va himoyaviy zarbalar berish imkoniyatida. Joy almashtirish texnikasi Dastlabki holat sharni o‘yinga kiritganda, uni qabul qilganda va zarbaga tayyorlaganda dastlabki holatni to‘g‘ri tanlash kerak. Chunki oqilona tarzda tanlangan holat sportchiga kerakli tezlik bilan zarbani bera olish imkoniyatini beradi. Tennischining daslabki holati o‘ziga xos bo‘ladi, u sportchining bo‘yiga, qo‘llari uzunligiga, raketkani ushlash usullariga o‘yin usullarini egallash darajasiga bog‘liq. Xalqaro toifadagi sportchilarning aksariyati oyoqlar oldinga qo‘yilgan holatdagi dastlabki joylashishdan foydalanadi. Sharni qabul qilib olish va zarba berish paytlarida gavda uchta dastlabki holatdan birini qabul qiladi. Bular: - yarim burilgan holatda; - yuzni qaratib turish; - raqibga elkani qaratib turish holatlari. Verner v zahitnoy poze s dvux rakursov Joy almashtirish (siljish) 0‘yinchi sharga yaqinlashgan holatida zarbaga mos bolgan oyoqni oldinga qo‘yish bilan siljish boshlanadi. Zarbani amalga oshirish jarayonida o‘ngdan zarba berganda chap oyoq oldinda, chapdan zarba berganda o‘ng oyoq oldinda bolishi kerak. To‘g‘ri va oqilona joy almashtirish sharga o‘z vaqtida chiqishni hamda o‘yinm tez tepaga olib benshni ta’minlaydi va eng qulay nuqtadan zarba benshga yordamlashadi. Sharni o‘yinga kiritish texnikasi (podacha) Shaming yo‘nalishi, uchish masofasi va uni o‘yinga kiritishning to‘rtta turi mavjud: - to‘g‘ri; - mayatniksimon; - moki simon; - elpig‘ichsimon. Sharni to‘g‘ri o‘yinga kiritishda raketka ushlagan qo‘1 stol ustida gorizontal joylashadi. Sharga zarba to‘g‘n ushlagan yoki ozroq bukilgan raketka bilan beriladi. Birinchi holatda shar aylanmasdan uchadi,ikkinchisida u aylanishga erishadi. Shaming aylanib uchish yo‘nalishi burilish burchagiga va raketkaning harakat yo‘nalishiga bog‘liq. Mayatniksimon Shar o‘yinga kiritilganida qo‘l yarim doira hosil qiladi. Yuqori va yon tomon qo‘l harakatlaridan boshlanadi. Keyin raketka pastga-yonga keskin tushiriladi va yuqoriga-yonga harakatni davom ettiradi. Zarba qaysi paytda (shar uzatishning boshida, o ‘rtasida yoki oxirida) berilishiga qarab shar pastga, yon tomonlarga va yuqoriga aylanadi. Mokisimon shar uzatishda raketkaga qaytarma hujumkor harakat beriladi. Raketka sharga tegish paytida bir soniya to‘xtalish ro‘y beradi va raketka qarama-qarshi tomonga itariladi. Raketkaning sharga duch kelish vaqti o‘sha to‘xtalishgacha yoki undan keyin ro‘y berishi mumkin. Sharga zarba berish nuqtasining tanlanishiga qarab bu ikki shar aylanishidan biri jonlanadi. Raketkaning qanday tutilishi ham katta rol uynaydi. Agar gorizontal holatda harakatlansa, shar yuqori va pastki yo‘nalishga ega bo‘ladi. Raketka vertikal holatda harakatlansa, shar chap yoki o‘ng yo‘nalishdan aylanadi. Yelpig’ichsimonusulidagi shar uzatishda raketkaning ichki tarafini yuqoriga yo‘naltirib ushlagan qo‘l yarim doira hosil qiladi. Aksariyat hollar da sharga zarba berish raketka ko‘tarilayotganida, kamdan-kam hollarda raketka harakatining yuqori nuqtasiga beriladi. Sharni to‘qnashish paytiga qarab shar yuqoriga, yon tomonga va pastga aylantiriladi. Bunday shar uzatish osiyocha raketka ushlashni qo‘llovchi sportchilar tomonidan kamdan-kam qo‘llaniladi. Bu uzatishni o‘ziga xosligi shuki zarba raketkaning ochiq tarafi bilan amalga oshiriladi. 2-Savolninig bayoni Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling