Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
QO‟SHILGAN QIYMAT SOLIG„I (QQS).
3-masala. Qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchi korxona 1200 ming so‗mga qo‗shilgan qiymat solig‗i bilan 400 kg bo‗yoq sotib olgan. Sotib olingan bo‗yoqdan: 50 kg sifati yomon bo‗lganligi uchun sotuvchiga qaytarib berilgan; 100 kg tekinga bolalar bog‗chasiga berilgan; 20 kg korxona klubini ta‗mirlash uchun ishlatilgan; 180 kg ming ishlab chiqarish uchun ishlatilgan; Aniqlang: Korxona qo‗shilgan qiymat solig‗i qaysi qismini hisobga kiritish huquqiga ega? 4-masala. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‗lgan korxona huquqiy xizmat ko‗rsatilishi uchun Germaniyaning yuridik korxonasi bilan shartnoma tuzdi. Germaniya yuridik korxonasi 12000 AQSh dollariga huquqiy xizmat ko‗rsatdi, xizmat ko‗rsatilganlik haqidagi dalolatnoma imzolaniyotgan vaqtda 211 O‘zbekiston Respublikasida dollarning kursi 1 AQSh dollari uchun 1607 so‗mni tashkil etgan. Aniqlang: Import qilingan xizmat uchun qo‗shilgan qiymat solig‗ini hisoblang? 5-masala. Qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchisi bo‗lgan qayta ishlash korxonasi joriy yilda quyidagi ko‗rsatkichlarga ega: mahsulotni sotishdan tushgan tushum-2400 ming so‗m; bunda qaytarib berilishi lozim bo‗lgan idishning narxi-150 ming so‗m; tekinga tannarxi bo‗yicha 100 ming so‗mlik maxsulot berilgan. Olingan jarima summasi-30 ming so‗m; Bankdan olingan foizlar-12 ming so‗m; 200 ming so‗mga korxona tomonidan nomoddiy aktivlar sotilgan(boshlang‗ich narxi-600 ming so‗m, to‗plangan amortizatsiya-420 ming so‗m); nolikvid xom-ashyo zaxiralari sotishdan tushgan tushum-96 ming so‗m, ularning tannarxi-85 ming so‗m; Hisobvaraq-fakturada olingan qo‗shilgan qiymat solig‗i: xom ashyo uchun-480 ming so‗m; ishlab chiqarish inshootlarini ijaraga berishdan-150 ming so‗m; uyali aloqadan-60 ming so‗m; Aniqlang: Joriy davrda davlat byudjetiga to‗lanishi lozim bo‗lgan qo‗shilgan qiymat solig‗i necha so‗mga teng? 6-masala. Qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchi korxona ko‗rpa tikib chiqaradi. Bitta ko‗rpaning tannarxi-5ming so‗m. Qo‗shilgan qiymat solig‗isiz bitta ko‗rpaning sotish narxi –9 ming so‗m. 2011 yil joriy davrda sotilgan ko‗rpalar: 300 ta – ichki bozorda; 500 ta – erkin valyutaga eksport qilingan (9 ming so‗mga ekvivalent bo‗lgan narxda). Bundan tashqari 10 tasi bolalar bog‗chasiga tekinga berilgan. 40 ta-korxona ishchi-xizmatchilarga 4 ming so‗mdan sotilgan. 5ta-xodimlar bo‗limi boshlig‗ining tug‗ilgan kunida (yubiley) xadya qilingan. Aniqlang: Sotuv aylanmalari bo‗yicha hisoblangan qo‗shilgan qiymat solig‗ini? Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling