Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Chet el yuridik shaxslari- rezidentlar va norezidentlarga bo‘linadi. 
Rezidentlar O‘zbekistondagi yuridik shaxslar kabi soliqqa tortiladi. O‘zbekiston 
Respublikasida faoliyat ko‘rsatuvchi norezident yuridik shaxslar:
- doimiy muassasa orqali faoliyat ko‘rsatuvchi; 
- doimiy muassasa bo‘lmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga 
bo‘linadi. 
Birinchi guruhdagilarning O‘zbekistonda olgan daromadlari ularning soliq 
idoralariga taqdim etadigan deklaratsiyalari orqali soliq idoralari tomonidan 
hisoblab chiqilib soliqqa tortiladi. 
Ikkinchi guruh norezidentlarning O‘zbekiston hududidagi korxona va 
tashkilotlardan olgan daromadlari manbaida jami daromaddan hech qanday 
chegirmasiz soliqqa tortiladi (ushlanib qolinadi). 


230 
«Doimiy muassasa» tushunchasi - soliqqa tortish maqsadida O‘zbekiston 
hududida daromad olish uchun faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday joy hamda 
har qanday tashkilot yoki vakolatli funktsiyani bajarayotgan yuridik shaxsdir. 
Bu tushuncha o‘z ichiga: boshqaruv o‘rni, bo‘lim, ofis, idora, fabrika, ustaxona, 
shaxta, neft yoki gaz quvuri, tosh qazish yoki har qanday foydali qazilmalar 
qazib oluvchi joylarni oladi. 
Royalti - bu intellektual mulklardan kelgan daromadlardir. Intellektual 
mulklarga yangilik yaratilganligi to‘g‘risidagi patent, litsenziya, tovar belgisi va 
boshqalar kiradi. 
Investitsiya - korxonaning o‘zi amalga oshirgan quyidagi: 
- yangi qurilish shaklidagi kapital qurilishga, ishlab turgan korxonalarni 
rekonstruktsiyalash, kengaytirish va texnikaviy qayta qurollantirishga sarflangan 
mablag‘lar; 
- imoratlar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari (ularning 
qismlarni) ishlab chiqarish maqsadlari uchun sotib olishga sarflangan 
mablag‟lari kiradi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling