Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Soliq solish ob‟yekti- soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliq 
solish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki 
tushuniladi. Soliq solish ob‘yektiga foyda yoki daromad, muayyan tovarlar 
qiymati, yer maydoni, yuridik va jismoniy shaxslarning mulklari, tabiiy 
resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. Soliq solish ob‘yekti 
aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma‘naviy boylik larning ayrimlariga 
qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf qiluvchi 
soliq sub‘yektlarining huquqlariga soliq solishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy 
va ma‘naviy boyliklarga mulkiy huquqga ega bo‘lgandagina soliq solish 
ob‘yekti yuzaga keladi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi, chunki 
egasiz imoratga nisbatan soliq sub‘yekti mavjud emas, vaholanki, bo‘lgan 
taqdirda ham soliq solish ob‘yekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga 
bo‘lgan mulkiy huquqga soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq 


232 
solish ob‘yekti aslida yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va 
daromadiga qaratiladi. 
Soliq solish predmeti- soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va 
boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya‘ni soliq solish 
ob‘yekti bo‘lib birorbir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet 
bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va 
boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq solish ob‘yekti yoki soliq solish predmeti, 
unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda soliqni to‘lash majburiyati, 
ya‘ni soliq sub‘yektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz mumkinki, soliq 
solish predmetiga egalik qilish huquqi soliq ob‘yektini vujudga keltirsa, o‘z 
navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq sub‘yektini yoki soliq 
to‘lovchini namoyon etadi. 
Soliq manbai- bu soliq to‘lovchi to‘laydigan soliqlar manbai, ya‘ni 
daromadi. Soliq solish ob‘yekti va soliq solish manbaini bir-biridan farqlash 
lozim bo‘ladi. Ayrim soliq turlari, masalan, foydaga, yalpi daromadga, jismoniy 
shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq solish ob‘yekti ham, soliq 
manbai ham bir xil bo‘ladi, ya‘ni nima obyekt bo‘lsa, uning o‘zi manba 
hisoblanadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling