232
solish ob‘yekti aslida yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va
daromadiga qaratiladi.
Soliq solish predmeti- soliq solinadigan daromad, oborot,
mol-mulk va
boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya‘ni soliq solish
ob‘yekti bo‘lib birorbir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet
bo‘lib ana
shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va
boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq solish ob‘yekti yoki soliq solish predmeti,
unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda soliqni to‘lash majburiyati,
ya‘ni soliq sub‘yektini namoyon qiladi. Demak,
aytishimiz mumkinki, soliq
solish predmetiga egalik qilish huquqi soliq ob‘yektini vujudga keltirsa, o‘z
navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq sub‘yektini yoki soliq
to‘lovchini namoyon etadi.
Soliq manbai- bu soliq to‘lovchi to‘laydigan soliqlar manbai, ya‘ni
daromadi. Soliq solish ob‘yekti va soliq solish manbaini
bir-biridan farqlash
lozim bo‘ladi. Ayrim soliq turlari, masalan, foydaga, yalpi daromadga, jismoniy
shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq solish ob‘yekti ham, soliq
manbai ham bir xil bo‘ladi, ya‘ni nima obyekt bo‘lsa, uning o‘zi
manba
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: