234
raqam soliq to‘lovchining tegishli hisobot va hisoblarini, boshqa hujjatlarini tez
topishda yordam beruvchi sondir.
Soliq qonunchiligi buzilganda qo‟llaniladigan jazolar (sanktsiyalar) -
bu intizomsiz soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq
qonunchiligi buzilganda
beriladigan jazolardir. Ular uch xil bo‘ladi: ma‘muriy, moliyaviy va jinoiy.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM)- bu ma‘lum bir davrda (yil) mamlakat
ichida bozor bahosida yaratilgan hamma tovarlar va xizmatlarning qiymatidir.
Byudjet jarayoni - Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va
ijro etish,
uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va
tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlari
bilan tartibga solingan
jarayoni.
Byudjet dotatsiyasi - o‘z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi
boshqa mablag‘lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning
harajatlari bilan
daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga
qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjetdan mablag‟ ajratish - qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan
tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet
mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet profitsiti - muayyan davrda byudjet
daromadlarining byudjet
harajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika
byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga
qaytarish sharti bilan
ajratiladigan mablag‘.
Do'stlaringiz bilan baham: