Davlat tomonidan ichki mablag‟ni jalb qilish - aktivlarni ichki
manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning
natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz
oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi
majburiyatlari vujudga kelishi.
Davlat tomonidan xorijdan mablag‟ jalb qilish - aktivlarni xorij
manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro
tashkilotlardan)
jalb
etish
hamda
buning
natijasida
O‘zbekiston
Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z
kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi.
Davlat qarzi - davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ jalb
qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining
yig‘indisi.
Mahalliy byudjet - Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul
mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromadlar
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori
nazarda tutiladi.
Moliya yili - birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha
bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr.
Respublika byudjeti - Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi
tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori
nazarda tutiladi.
236
Do'stlaringiz bilan baham: |