Soliq solinadigan baza- soliq solish ob‘yektining soliq stafkasi
qo‘llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq
stafkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stafkasi qo‘llaniladigan
ob‘yektning miqdoriga ham bog‘liq. Soliq solinadigan bazaning miqdori
qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq solish ob‘yektidan ruxsat
etiladigan chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq solish
bazasini soliq to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq
imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi.
Soliq solish birligi- bu ob‘yektning o‘lchov birligi, masalan, daromad
yoki mol-mulk solig‘ida ob‘yektning o‘lchov birligi sifatida uning so‘mdagi
bahosi ifodalansa, yer solig‘ida o‘lchov birligi bo‘lib kv.m yoki gektar
hisoblanadi.
Soliq stafkasi- soliq solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan
qonunchilik tomonidan belgilab qo‘yilgan me‘yordir. Soliq stafkalari foizlarda
yoki mutlaq summada belgilanishi mumkin. Soliq stafkasi soliq elementlari
ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Chunki soliq
stafkalarini o‘zgartirish orqali davlat xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar faoliyatiga
ta‘sir etadi.
Soliq imtiyozlari- soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil
yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa
ko‘rinishlarda berilishi mumkin. Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish
mexanizmlari, mezonlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan
kelib chiqqan holda belgilanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi- soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq
davri uchun soliq solinadigan bazadan, stafkadan, shuningdek soliq
imtiyozlaridan kelib chiqib, soliq summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.
233
Do'stlaringiz bilan baham: |