Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Qo‟shilgan qiymat solig‟i - bu korxona, tashkilot va birlashmalarda yangi 
yaratilgan (qo‘shilgan) qiymatning bir qismini byudjetga majburan olishdir. 
QQSdan imtiyozlar - bu korxonaning iste‘molchilarga tovar ortganda, ish 
bajarganda, xizmat sotganda QQSni hisoblamaslik hamda byudjetga soliq 
to‘lamaslikni ifodalaydi. 
QQS to‟lovchilari - bu O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tovarlar importi bo‘yicha yuridik 
va jismoniy shaxslar hisoblanadi. 
Aktsiz solig‟i - bu ishlab chiqarish korxonalarida yaratilgan yoki eksport 
va import qilingan ba‘zi tovarlar qiymatining bir qismini majburiy byudjetga 
to‘lovdir. 
Aktsiz solig‟i ob‟ekti - bu O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab 
chikarilgan tovarlar, eksport va import qilingan ba‘zi tovarlar oboroti 
hisoblanadi. 
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‟i - bu korxonalar mulklarining 
dastlabki qiymati, o‘rnatilmagan mulklar qiymatidan hisoblanib, ularning 
daromadidan byudjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlardir. 
Mol-mulk solig‟ini to‟lovchilar - bu o‘z mulkiga ega bo‘lgan yuridik 
shaxslar hisoblanadi. Soliq to‘lashning ixchamlashtirilgan tizimiga o‘tgan 
yuridik shaxslar (savdodan tashqari) va imtiyoz olgan yuridik shaxs lar bu soliqni 
to‘lamaydilar. 
O‟rtacha qiymat - bu asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, lizing 
shartnomasi bo‘yicha sotib olingan vositalarning hamda ishga tushirilmagan 
mulklar qiymatining yil boshi va oxiridagi summalarini yarmi, boshqa oylar 
boshidagi balans qiymatning to‘liq summalari yig‘indisini 12ga bo‘lish bilan 
aniqlanadigan qiymatdir. Bu qiymat choraklik va yil bo‘yicha aniqlanadi. 
Qishloq xo‟jalik tovar ishlab chikaruvchilarning yagona er solig‟i
yagona er solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib, qishloq xo‘jaligi kooperativlari 


231 
(shirkatlar), fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi. Bu korxonalar o‘z hohishlari 
bo‘yicha byudjetga yoki yagona er solig‘i to‘lovchilar yoki qishloq xo‘jalik 
korxonalari uchun belgilangan yagona soliq to‘lovchilari bo‘lishi mumkin. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling