Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


229 
GLOSSARIY 
Yuridik shaxslar -O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida soliq 
to‘lovchilar ikki guruhga bo‘linadi: yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida xilma-xil mulk shaklidagi 
birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar qiskacha yuridik shaxs deb ataladi. 
O‘z mulkiga ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlarini shu mulklar bilan 
bajaradigan, soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tgan, bankda hisob raqamiga
mustaqil buxgalteriya balansiga ega bo‘lgan korxona, tashkilot, birlashma va 
ularning mustaqil shaxobchalariga yuridik shaxslar deb ataladi. 
Yuridik shaxs maqomidan tashqari soliq to‘lovchi bo‘lish uchun yana, 
albatta biror ruxsat etilgan faoliyatdan daromad (foyda) olgan bo‘lishi, tovar 
(ish, xizmat) sotishdan oborotga va boshqa mulklarga ega bo‘lishlari shart. 
Yuridik shaxslarning byudjetga to‘laydigan soliqlari to‘g‘ri va egri 
soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlar daromad (foyda) solig‘i va resurs 
soliqlaridan, egri soliqlar esa qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, bojxona 
bojidan iboratdir. 
Jismoniy shaxs (fuqaro) tushunchasi - Fuqarolar (jismoniy shaxslar) 
deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning 
fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. 
Yuridik shaxslarning daromadidan (foydasidan) soliq - bu yuridik 
shaxslarning hamma faoliyatidan olgan daromadlarini (foydasi) bir qismini 
byudjetga majburiy to‘lovidir. Bu erda soliq to‘lovchilar soliqqa tortish 
maqsadida rezident va norezidentlarga bo‘linadi. 
Rezidentlar - O‘zbekiston hududida tashkil etilgan va ro‘yxatdan o‘tgan 
yuridik shaxslar yoki bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashgan bo‘lib, 
O‘zbekistondan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar bo‘lib, 
O‘zbekiston hududida hamda chet elda olgan daromadlaridan soliq to‘lovchilar 
hisoblanadi. 
Norezidentlar-O‘zbekiston hududida tashkil etilmagan yoki bosh 
korxonasi O‘zbekistonda joylashmagan yuridik shaxslardir. Norezidentlar faqat 
O‘zbekiston hududida olgan daromadlaridan soliq to‘laydilar. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling