Yuridik shaxslarning (noqishloq xo‟jalik) er solig‟i - o‘zining mulkida,
egaligida va foydalanishida er uchastkalari bo‘lgan yuridik shaxslar er solig‘i
to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi.
Soliq sub‟yekti- soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy
shaxslar yoki soliqqa oid munosabatlarni tashkil etuvchi tomonlarning o‘zaro
majmuasi bo‘lib, unda bir tomondan soliq to‘lovchilar, boshqa tomondan soliqni
undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari qatnashadi. O‘z faoliyatida
barcha yuridik va jismoniy shaxslar soliq subyekti sifatida namoyon bo‘lmaydi.
Chunki bu yerda soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy
shaxslar mavjudki, ular soliq sub‘yekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok
etmaydi.
Soliq agenti- yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolib, davlat
byudjetiga o‘tkazib beruvchi yuridik shaxslar. Bunday yuridik shaxslar o‘z
faoliyatida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar,
ya‘ni yuridik va jismoniy shaxslarning korxonada o‘z mehnati, investitsiyasi
bilan ishtirok etishi natijasida olgan daromadi(foydasi)dan soliqlarni ushlab
qoladi va davlat byudjetiga o‘tkazib beradi. Soliq agentlari davlat byudjetiga
soliqlarni bevosita yoki bilvosita ishga yollash natijasida to‘lanadigan ish
haqidan, dividentlardan, doimiy muassasaga ega bo‘lmagan norezident yuridik
va jismoniy shaxslardan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini ushlab
qoladi va byudjetga o‘tkazib beradi. Ushlab qolinmagan, kam ushlab qolingan
va o‘z vaqtida o‘tkazib berilmagan soliq summasi uchun qonunchilikda
belgilangan moliyaviy, ma‘muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Har bir
yuridik shaxs soliq munosabatlarida soliq subyekti bo‘lishi bilan birgalikda soliq
agenti sifatida ham ishtirok etadi. Soliq agenti iqtisodiy adabiyotlarda fiskal
agent sifatida qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |