Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqlarni to‟lash muddatlari va tartibi.
Soliq solish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshirilib, ular
quyidagilarga: soliq solishning kadasterli, deklaratsiya va manba oldidan soliq solish usullariga ajratiladi. Soliq davri u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq miqdori hisoblab chiqariladigan davrdir. Soliq davri bir nec ha hisobot davriga bo‘linishi mumkin. Hisobot davrlari yakunlanganda soliq hisobotlarini taqdim etish lozim bo‘ladi. Joriy avans(bo‘nak) to‘lovlarini to‘lash davri hisobot davri bo‘lmaydi. Soliqlarni to‟lash muddatlari va tartibi. Soliq qonunchiligida har bir soliq turini byudjetga to‘lash muddati belgilangan. Soliqni to‘lash muddatlari deganda soliq to‘lovchilarning davlat byudjeti oldida soliq majburiyatlarini bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to‘lash muddatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: joriy avans (bo‘nak) to‘lovlari va haqiqiy daromad olingandan keying to‘lovlar. Soliqni to‘lash tartibi esa soliqning yo‘naltirilganligi (byudjetga yoki byudjetdan tashqari fondlarga), soliqni to‘lash vositasi (milliy valyuta-so‘mda ) yoki boshqa mamlakatlar milliy valyutasida. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valyuta- so‘mda to‘lanishi mumkin hamda soliqni to‘lash shakllarida (naqt pul yoki naqt pulsiz) ifodalanadi. Soliq yuki- soliq to‘lovchi muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyat natijasida to‘lagan soliqlarining yigindisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilar to‘laydigan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yigindisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri (bevosicha) soliqlarda soliq og‘irligi aynan soliqni byudjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchi1ar zimmasiga tushsa, eg‘ri (bilvosiga) soliqlarda esa soliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat) larni iste‘mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukini bir yilda byudjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar yigindisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukini ifodalashning bir qancha ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi soliq yuki va mikrodara-jadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda butun mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan vaqt oralig‘ida davlat byudjetiga kelib tushgan soliqlar yigindisining ana shu vaqt oralig‘ida yaratilgan yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki milliy daromad (MD)ga nisbati olinadi.Mezodarajada ifodalanganda alohida olingan soha,tarmoq yoki sektorga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalansa, mikrodarajada esa aniq bir olingan sub‘ektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalanadi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling