Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Byudjet subventsiyasi - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga 
qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari. 
Byudjet so‟rovi - byudjet tasnifi bo‘yicha tushumlarni shakllantirish va 
byudjetdan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi so‘rov. 
Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan 
bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan
mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy 
manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkiloti. 
Byudjet taqchilligi - muayyan davrda byudjet harajatlarining byudjet 
daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi. 
Byudjet transferti - byudjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita 
yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari. 
Davlat byudjeti - davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat 
maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, 
unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya 
yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari 
va miqdori nazarda tutiladi.


235 
Davlat ichki qarzlari - davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish 
natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining 
yig‘indisi. 
Davlat maqsadli jamg‟armalari - Davlat byudjeti tarkibida 
jamlantiriladigan jamg‘armalar bo‘lib, ularning har biri uchun mablag‘lar 
manbalari, har bir manbadan mablag‘ tushishi normalari va shartlari, shuningdek 
shu mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari 
bilan belgilanadi. 
Davlat tashqi qarzi - davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish 
natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining 
yig‘indisi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling