Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Kasbiy mahorat deyilganda bitiruvchining yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikma va 
malakalarini egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan kasbi bo‘yicha 
raqobatbardoshlik darajasida o‘z aksini topadi. Kasbiy mahorat ishchi kuchlarining yuqori darajada 
moslashuvchanligini va yangiliklarni tez o‘zlashtirishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt 
ichida o‘ta olishi, faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi. 
Kasbiy mahorat va layoqat shaxsning shunday sifatlariki, ular bo‘lajak mutaxassisning 
hayotiy va mehnat muvvafaqiyatlarini belgilab beradi. Mustaqil Respublikamizda ta’limni 
rivojlantirishning yangi bosqichida kasb ta’limi pedagogikasi fanining asosiy vazifasi sifatida 
jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, 
mamlakatimiz iqtisodiyotini buyuk davlat darajasnga ko‘taradigan mutaxassislarni tayyorlash, va 
bu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini emas, balki ijodiy yondoshuvni 
shakllantirish, mustaqil fikrlash va tadbiq qilish sifatlarini tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim. Shu 
sababli bugungi kunda barcha fan sohalari bo‘yicha, jumladan kasb ta’limiga oid darsliklar, o‘quv 
qo‘llanma va tavsiyalarning yangi avlodini yaratish muhim ahamiyatga ega bo‘lmokda. Bu o‘rinda 
kasb ta’limiga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin: 
- ta’lim islohotlari natijasida lisey, kollej va boshqa shu kabi yangi turdagi o‘quv 
muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi
- oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limi bo‘yicha alohida bo‘lim va fakultetlarning tashkil 
etilishi; 
- kasbiy ta’lim pedagogikasining boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi, 
istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va 
nazariyalarning yuzaga kelishi; 
- kasbiy ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib 
borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishi; 
- mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etishi va boshqalar. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling