Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Uzluksiz ta’lim tizimida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi qo‘yidagi talablar asosida


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Uzluksiz ta’lim tizimida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi qo‘yidagi talablar asosida 
tashkil etiladi va rivojlantiriladi: 
- akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini 
ishlab chiqish va joriy etish; 
soxa uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat soxasining 
mutaxassislarini jalb etgan xolda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta 
tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish; 
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun ta’lim va kasb-xunar 
dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish; 
- akademik liseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari uchun 
ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy yetish; 
- kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb- hunar
malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish. 
3.“Kasbiy ta’lim pedagogikasi” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
O‘zbekiston Respublikasida kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash pedagogika
institutlari va universitetlari hamda boshqa barcha oliy o‘quv yurtlarining kasb ta’limi 
fakultetlarida amalga oshiriladi. 
Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash o‘quv rejasida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, 
matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik, qo‘shimcha va tanlov fanlari bloklaridagi 
fanlarni o‘qitish orqali amalga oshirish nazarda tutilgan. Umumkasbiy fanlar blokini
psixologik-pedagogik, loyihalash - konstruktorlik - texnologik, ekspluatasion (Xizmat 
ko‘rsatish), konstruktorlik kurslariga ajratish mumkun.
Kasb ta’limi o‘qituvchnlarining psixologik-pedagogik jixatdan tayyorgarligi psixologik-
pedagogik turkumdagi yoshlar fiziologiyasi va gigiyena, psixologiya, pedagogika kasb ta’lim
pedagogikasi, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiyalar, kasb ta’limi metodikasi, kasb 
tanlashga yo‘llash kabi fanlarni o‘zaro bog‘liqliqda o‘rganishda amalga oshadi. 
Kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda «Kasb ta’lim pedagogikasi» ixtisoslashtiruvchi 
fanlardan biridir. Bu fan boshqaa fanlar (pedagogika, psixologiya, kasb ta’limi metodikasi, kasb 
tanlashga yo‘llash va xokazolar)ni takrorlamaydi, balki ular bilan yakin bog‘lanishda bo‘ladi. 
Shu sababli «Kasb ta’lim pedagogikasi» fanini boshqa psixologik-pedagogik turkumdagi 
fanlarsiz u fanlarda olgan bilimlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayrim psixologik-pedagogik

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling