Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


O‘qitish texnologiyalari majmuaviy integrativ tizim sifatida


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

O‘qitish texnologiyalari majmuaviy integrativ tizim sifatida. Zamonaviy o‘qitish 
texnologiyalari-majmuaviy integrativ tizimlar bo‘lib, ular o‘zida ta’lim maqsadlari bilan 
belgilangan kasbiy ko‘nikma, malakalar va shaxs xislatlarini o‘rganuvchilar tomonidan egallanishi 
hamda bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan operasiya va harakatlarning tartiblashtirilgan 
to‘plamini aks ettiradi. Bu o‘rinda ta’lim maqsadlarining belgilanishi (kimga va nima uchun?), 
mazmunni tanlash va ishlab chiqishga tatbiq etish (nima?), ta’lim jarayonlarini tashkil qilish 
(qanday?), ta’lim metodi va vositalarini belgilanish (nimalar yordamida?), shuningdek
o‘qituvchilar malaka darajasi (kim?) hamda erishilgan natijalarni baholash metodi (qanday yo‘l 
bilan?) ga asoslanishi lozim. Keltirilgan mezonlarning majmuaviy qo‘llanilishi o‘quv jarayoni 
mohiyati va uning texnologiyasini belgilab beradi. 
 O‘qitish texnologiyasini loyihalash. O‘qitish texnologiyasining loyihalash tuzilishini 
pedagogik vazifaning qo‘yilishi va uni hal etish asosida ko‘ramiz. 
O‘qitish texnologiyasini loyihalash 
Pedagogik vazifaning belgilanishida quyidagilar inobatga olinadi: 
- ta’lim maqsadlarining tahlili va shu asosida o‘quv predmeti mazmunini aniqlash
- o‘quv predmeti mazmuni tuzilmasini ishlab chiqish va uni o‘quv unsurlari tizim 
ko‘rinishida ifodalash; 
- o‘quv unsurlarining o‘zlashtirilish darajalarini belgilash; 
- ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash, bu ko‘rsatkich o‘quv 
predmetining mazmunini ifodalovchi o‘quv materialini o‘zlashtirganlik darajasidan kelib chiqadi; 


115 
- o‘quv-moddiy baza hamda ta’limning tashkiliy shakllariga qo‘yiladigan chegaralarni 
belgilash. 
Pedagogik vazifalarning hal etilishini taminlovchi o‘qitish texnologiyasini loyihalashga 
qaratilgan o‘qituvchi faoliyati ta’limning metod, shakl va vositalarini shakllantirish bilan 
belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagog faoliyati uchta asosiy xususiyatlar bilan 
tavsiflanadi: boshqarish turi, axborot almashinuv jarayonining turi, axborot o‘zatish vositalari 
tiplari va bilish faoliyatini boshqarish. O‘qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondashish 
konsepsiyasiga asoslanib, uni tashkillashtirishning quyidagi mantiqiy ketma-ketligini qurish 
mumkin. Dastlab o‘quv materiali mazmunining tavsifi, uni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad 
(o‘zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo‘yilish shartlari tahlil etiladi. 
So‘ngra, o‘qitishning mos ravishdagi metodlari hamda ta’lim oluvchilar bilish faoliyatini 
boshqarish sxemasi belgilab olinadi. Shu asosda o‘qitish vositalari ro‘yxati tuziladi. Ushbu usuli 
bilan hosil qilingan metod va ta’lim vositalari tizimi tashkiliy shakllar bilan uyg‘unlashtiriladi, 
ya’ni, texnologiya ishlab chiqiladi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling