Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


 Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiyani tashkil etish muammosi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

3. Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiyani tashkil etish muammosi. Kasb ta’limi 
muassasalarida axloqiy tarbiya muammosini amalga oshirish uchun qator muammolarni hal etishga 
e’tiborni qaratmog‘i lozim. Ular: 
-o‘qitish jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiya va axborot texnologiyasi asosida 
uyushtirish; 
-talaba va ustoz o‘rtasidagi axloqiy hamda aqliy munosabatni qaror toptirishga erishish; 
-ta’lim -tarbiya ishlarining qatiy reja asosida olib borilishi
-o‘quv muassasasida ijobiy emosional muhitni yaratish; 
-ta’lim oluvchilarning o‘quv muassasasi hayoti ichki tartibi qoidalariga rioya qilishlariga 
erishishni taminlash. Yagona ta’lim -tarbiya jarayonida axloqiy tarbiyani tashkil etishda suhbat, 
munozara, ma’ruza kabi metodlardan foydalanish, turli mashqlar faoliya orqali ijobiy sifatlarni 
hosil qilish mumkin. 
 
27-Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni tashkil 
etish va boshqarish. 
Reja: 
1. Kasb-hunar kollejlarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi. 
2. Kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan uslubiy ishlar. 
3. Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni boshqarish. 
1. Kasb-hunar kollejlarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi Fan-texnikaning 
jadal taraqqiyoti, ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarining amaliyotga keng ko‘lamda joriy 
etilishi, bozor munosabatlariga o‘tish kabilar pedagoglardan o‘quvchilarning o‘quv-bilish 
faoliyatlarini faollashtirish omillaridan oqilona foydalanib,mashg‘ulotlar va sinfdan tashqari 
tadbirlar samaradorligini oshirishni talab etmoqda. Ana shuning uchun ham kasb-hunar 
kollejlarida uslubiy ishlar tashkil etilib o‘tkaziladi. 
Bunday ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad: rahbarlar, pedagog va muhandis-
pedagoglarning kasbiy-pedagogik mahoratlarini oshirish yo‘li bilan pedagogik jarayon sifat va 
samaradorligini oshirishdan iborat. 


118 
Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlar odatda yakka tartibda va jamoaviy shakllarda 
tashkil etilib, quyidagilarni ko‘zda tutadi: 
- ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ularni 
ommalashtirish maqsadida targ‘ib qilish; 
- pedagog va muhandis-pedagog xodimlarga uslubiy yordam ko‘rsatish; 
- axborot resurslari markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish; 
- pedagoglar va muhandis-pedagoglarga o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlariga 
shart-sharoit yaratish;
- ochiq dars tashkil etib o‘tkazuvchi o‘qituvchilarga ko‘mak berish; 
- pedagogik jamoani yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishtirib borish; 
- fan yutuqlarini amaliy tajriba- sinovidan o‘tkazish;
- o‘quvchilarni olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlar va turli tadbirlarga tayyorlashga 
ko‘maklashish kabilardan iborat. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling