Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni boshqarish


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

3. Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni boshqarish. 
Yakka tartibdagi uslubiy ishlar. Kasb-hunar kollejlarining rahbarlari pedagog va 
muhandis-pedagog kadrlarning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib, ular bilan 
muntazam ravishda individual uslubiy ishlar olib borishlarini talab etiladi. Bunday ishlar
ko‘zlangan darajada samara berishi uchun rahbar har bir xodimning kuchli va kuchsiz tomonlarini, 
imkoniyatlarini yaxshi bilishi zarur. Kollej rahbari pedagog va muhandis-pedagoglarning 
imkoniyatlarini bilishi uchun quyidagilar asos sifatida olinishi mumkin: lavozimiy vazifalari va 
o‘quvchilarga nisbatan munosabati, mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi, malaka oshirishning 
turli shakllarida talim olishi, ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini mohiyatini 
tushunishi, o‘z shaxsiy tajribasini turli nuqtai nazardan tahlil eta bilishi, uslubiy ishlanmalar ishlab 
chiqishga qiziqishi, muntazam ravishda o‘zi ustida mustaqil ishlashi, tayanch malumoti kabilar. 
Amaliyotda pedagoglar va muhandis-pedagoglarning uslubiy ishlariga individual ravishda 
rahbarlik qilishlarida asosiy metod sifatida maslahatdan keng ko‘lamda foydalaniladi. Maslahatlar 
quyidagi masalalar yuzasidan bo‘lishi mumkin: 
- o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini faollashtirish omillari; 
- mashq qurilmalaridan samarali foydalanish yo‘llari; 
- predmetlararo aloqadorlikni o‘rnatish va amalga oshirish metodikasi;
- o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan tipik xatolarni oldini olish; 
- ishlab chiqarish talimi va amaliyoti davrida o‘quvchilarni tarbiyalash; 
- o‘quv materialidan muhim, tizim hosil qiluvchi tarkibiy qismlarini tanlab olish; 
- turli talim texnologiyalaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari
- noan’anaviy (nostandart, zamonaviy) darslarni o‘tkazish metodikasi kabilar. Shu o‘rinda 
maslahat faqat mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan chegaralanib qolmasdan, balki 
yangiliklar kiritish, ijodkorlik va mustaqillikni rivojlantirishni ham ko‘zda tutishi zarurligini 
yoddan chiqarmaslik kerak. 
Kasb-hunar kollejlarida jamoaviy shaklda tashkil etilib, o‘tkaziladigan uslubiy ishlarga 
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: ilmiy-pedagogik kengash; uslubiy kengash; kafedra yig‘ilishlari; 
ilmiy-amaliy konferensiyalar; pedagogik o‘qish; ilg‘or pedagogik tajriba maktablari; seminarlar
seminar-treninglar; ochiq darslar; fan haftaliklari va hokazo. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling