Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


O‘zbekistonda TASIS loyihasining faoliyati


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

3.O‘zbekistonda TASIS loyihasining faoliyati. 
O‘zbekistonda TASIS loyihasi doirasida ikki yil davomida o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi 
sohasidagi islohotlarga ko‘mak beruvchi loyiha amalga oshirildi. Uning asosiy komponentlaridan 
biri ijtimoiy hamkorlikni o‘quv muassasasi darajasida ham, mintaqaviy, milliy darajada ham 
rivojlantirish edi. 
O‘tish davrining hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida ijtimoiy hamkorlik tizimining 
shakllantirilishi ancha uzoq davom etuvchi va murakkab jarayon bo‘lib, u bir qator obyektiv va 
subyektiv sabablarga: iqtisodiyotning holatiga, ijtimoiy vaziyatga, mintaqaviy organlarning unga 
qo‘shilish uchun tayyorgarligi, shuningdek, kasb- hunar kollejlari rahbarlarining irodasi, istagi va 
imkoniyatlariga bog‘liq. Har bir muayyan vaziyatda ijtimoiy hamkorlik tizimini rivojlanishi uchun 
ko‘proq yoki kamroq qulay bo‘lgan holat yuzaga kelishi mumkin. Mazkur sohada amalga 
oshirilayotgan ko‘plab loyihalar o‘zlarining asosiy natijalari sifatida kasb- hunar kollejlariga ish 
beruvchilar va boshqa sheriklar bilan o‘zi tashabbuslari asosida aloqalarni yo‘lga qo‘yishga oid
tavsiyalarni taklif qilayaptilar. Bunda o‘z foaliyatini bosqichma-bosqich amalga oshirish taklif 
qilinayapti. Jumladan, quyidagi bosqichlar ajratib ko‘rsatilmoqda va kasb- hunar kollejlariga 
quyidagi tavsiyalar berilyapti: 
I. Tayyorgarlik bosqichining maqsadi-mehnat bozori bilan o‘zaro birgalikda faoliyatning 
yangi turlarining zarurligini anglab yetish, o‘z salohiyatini baholash, ishlab chiqarish korxonalari


127 
ehtiyojlarini tushinib yetish. Mazkur bosqichda kasb-hunar kollejining jamoasi quyidagi savollarga 
javob berishi zarur: 

ijtimoiy hamkorlik tizimini rivojlantirish orqali kasb-hunar kollejining qanday 
muammolarini hal etish mumkin? 

ushbu o‘quv muassasasi uchun kimlar asosiy sherik bo‘la olishi mumkin? 

kasb-hunar kollejining amaldagi salohiyati hamkorlikka nima bera oladi?
Barcha savollarga javob berish uchun amaldagi salohiyatni aniqlash lozim. Misol uchun, 
o‘quv muassasasi qaysi soha uchun mutaxassis tayyorlasa, iqtisodiyotning o‘sha sektorini tadqiq 
etish, qanday korxonalar, tashkilotlar, kasaba uyushmalarining assosiasiyalari bu sohaning 
vakillari hisoblanishi, ushbu sektor mintaqa rivojlanishning strategik rejasida qanday o‘rin tutishi, 
qanday salohiyatga ega ekanligini o‘rganish lozim. 
Ta’lim xizmatlari bozorining tegishli segmentida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim 
muassasalari haqidagi ma’lumotlar ham tahlil uchun muhim baza bo‘la oladi. Kasb-hunar 
ta’limining turli darajalarda mavjud kasb-hunar ta’limi standartlari va malakaviy tavsifnomalar 
haqida to‘liq axborotga ega bo‘lishga intilish zarur. 
Ammo birinchi bosqichning eng muhim vazifasi kasb-hunar kolleji butun jamoasining 
ijtimoiy sheriklarning turli toifalari bilan hamkorlikning barqaror tizimini shakllantirish bo‘yicha 
murakkab va mashaqqatli ishni bajarish zarurligiga bo‘lgan yuksak motivasiyasiga erishishdir. Bu 
jarayon qaror topgan psixologik qoliplarning sindirilishi bilan tavsiflanadi. 
II. Tashkiliy bosqichning maqsadi - ijtimoiy sheriklar bilan barqaror aloqalarni o‘rnatishdir. 
Uning doirasida hamkorlik haqidagi shartnomalar tayyorlanadi, ijtimoiy sheriklarning turli toifalari 
bilan hamkorlik texnologiyasi ishlab chiqiladi. Shu tariqa ijtimoiy hamkorlikning kelajakdagi 
tizimi tashkil etuvchilari shakllantiriladi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kasb-hunar kollejlari hamma vaqt ham ish beruvchilar bilan 
muvaffaqiyatli aloqalar o‘rnatishga erisha olmaydilar. Bu hol obyektiv va subyektiv sabablar
tufayli ham yuz beradi. Juda ko‘p hollarda bu o‘zaro manfaatlarning mavjud emasligi, ammo 
undan ham ko‘proq-muayyan kommunikasiya ko‘nikmalarining yo‘qligi, kasb-hunar kollejlari 
vakilining muzokaralar jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olmasligi, uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ra 
olmasligi tufayli o‘zaro manfaatlarni topishga no‘noqlik qilishidir. Shu sababli har bir ijtimoiy 
hamkorga qilinadigan tashrifga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim 
II-bosqichning eng muhim yo‘nalishlaridan biri mehnat bozorini baholashdir. Kasb- hunar 
kollejlarining vakillari ushbu faoliyatni turli axborot manbalaridan, shu jumladan, davlat va idora 
statistikasidan, (Davlat statistika qo‘mitasi, bandlik xizmati, ta’lim boshqaruvi organining statistika 
bo‘limi va boshqalar), tadqiqot markazlarining sharhlari va materiallaridan, o‘z tadqiqotlari va 
so‘rovlari natijalaridan foydalangan holda amalga oshirishlari lozim.
Ish beruvchilarning malakaviy talablarini, bitiruvchilarning bilim va malakalarining mehnat 
bozori ehtiyojlariga mos kelishi darajasini baholashni kasb-hunar kolleji eng oddiy ijtimoiy usullar 
va metodlardan foydalanib (anketa tarqatish, intervyu olish) o‘tkazishi mumkin. Bunday holda 
tahlil obyektlari (so‘raluvchilar) quyidagilar bo‘ladi: 

ish beruvchilar-tarmoq korxonalarining tipik vakillari (mutaxassis ega bo‘lishi talab 
qilingan bilim, malaka va shaxsiy fazilatlarning ro‘yxatini aniqlash va tuzish uchun): 

ish beruvchilar, o‘quvchilar amaliyot o‘tayotgan ishlab chiqarish obyektlari xodimlari 
(muassasada olinayotgan malaka va ko‘nikmalarning ish beruvchilarning aniq-ravshan talablariga 
mos kelishini baholash uchun):

amaliyot o‘tayotgan o‘quvchilar (o‘quvchilarning mehnat funsiyalarini bajarishga 
tayyorlik darajasini aniqlash uchun); 

ta’lim muassasalarining bitiruvchilari (kasb-hunar tayyorgarligining sifatini, uning 
mehnat bozori talablariga muvofiqligini aniqlash uchun); 


128 

o‘qituvchilar (mutaxassislar tayyorlash darajasini qo‘shimcha ravishda baholash 
uchun). 
Ijtimoiy hamkorlik tizimini shakllantirishning II-bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirish, 
odatda, quyidagi natijalarni beradi: 

ijtimoiy hamkorlarning turli 
toifalari bilan imzolangan hamkorlik haqidagi shartnomalar, o‘quvchilarning amaliyotni o‘tashlari 
haqida bitiruvchilarning ishga joylashishlari haqida, o‘quv-uslubiy hujjatlar ekspertizasi haqida, 
uzluksiz ta’lim haqida, pedagogik kadrlar stajirovkasi va boshqalar haqida. 

mehnat bozoridagi ahvol, uning 
miqdoriy va sifat ko‘rsatgichlari, qiziqtirayotgan kasblar bo‘yicha malakaviy talabning tuzilmasi 
haqidagi statistik va tahliliy materiallar. 
II-bosqichning asosiy yakuni ijtimoiy hamkorlikning bo‘lajak tizimining asosiy tuzilma 
hosil qiluvchi tarkibiy qismlarini ajratib olish lozim.
III. Tizim hosil qiluvchi bosqichning maqsadi - ijtimoiy hamkorlikning mavjud va 
yaratilayotgan ayrim tarkibiy qismlarini tizimga birlashtirishdir. Sheriklar bilan o‘zaro hamkorlik 
doimiy va barqaror bo‘lib qoladi. Ish beruvchilar bilan aloqalarni saqlash va olib borish ta’lim 
muassasasi xodimlarining eng muhim funksional majburiyatlari sirasiga kiradi. Buning uchun 
mansab yo‘riqnomalariga aniqliklar kiritiladi, ijtimoiy hamkorlik bo‘yicha tadbirlar kasb-hunar 
kollejining ish rejasiga kiritiladi. Ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri 
ijtimoiy hamkorlikning tashkiliy tuzilmalarini–mazkur jarayonning barcha ishtirokchilarini 
birlashtiruvchi, ular orasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi 
kengashlarni shakllantirishdan iboratdir. 
Kasb-hunar kollejlari, ishlab chiqarish korxonalari, kasaba uyushmalari, ta’limning 
boshqaruvi organlari, bandlik xizmati vakillarini o‘z ichiga oluvchi Maslahat Kengashlari bunga 
misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kengashlar ishini tartibga soluvchi hujjatlar (qoidalar, 
nizomlar) tayyorlanadi va tasdiqlanadi, uning barcha a’zolarining manfaatlarini hisobga oluvchi 
ish tartibi belgilanadi (masalan, o‘quv rejalarining ishlab chiqarish korxonalari vakillari bilan 
kelishilgan holda tuzilishi, o‘qituvchilar va o‘quvchilar stajirovkasi rejalari). 
Shunday qilib, ijtimoiy hamkorlik tizimi shakllanishining III-bosqichida kasb-hunar 
kollejining barcha manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro hamkorligi texnologik darajaga olib chiqiladi. 
O‘quv muassasasi darajasida ijtimoiy hamkorlik texnologiyalari shakllantiriladi. 
So‘nggi bosqichda erishilgan natijalar doimiy ravishda mustahkamlash va qo‘llab-
quvvatlashni talab qiladi, chunki ko‘p sonli ijtimoiy-iqtisodiy omillar hali mazkur tizimning 
barqarorligiga xizmat qilmaydi. Ijtimoiy hamkorlikning meyoriy bazasining mavjud emasligi esa 
ijtimoiy rivojlanishni boshqarishdagi subyektiv asoslarga bog‘liq qilib qo‘yadi. 
Kasb-hunar kollejining ijtimoiy hamkorlar bilan ishining samaradorligi va natija berishi 
eng avvalo, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat bo‘lgan o‘z manfaatlarini amalga 
oshirish darajasi bilan belgilanadi. Bugungi kunda kasb-hunar kollejining asosiy ijtimoiy vazifasi 
mehnat bozrida talab qilingan bitiruvchilarni tayyorlashdir. Demak, kasb-hunar kollejining ijtimoiy 
hamkorlar bilan olib borayotgan ishining samaradorligini faqat ana shu ish boshlangan vaqtdan 
keyin muayyan davr o‘tgandan so‘ng, aniqrog‘i o‘quv muassasasida shakllangan ijtimoiy 
hamkorlik tizimi sharoitlarida ta’lim olgan bitiruvchilar mehnat bozriga chiqib, muayyan muddat 
ishlaganidan so‘ng baholash mumkin. Shu sababli boshlang‘ich bosqichda faqat mazkur 
yo‘nalishdagi oraliq natijalar haqida gapirish mumkin. 
Kasb-hunar kollejining ijtimoiy hamkorlik sohasidagi ishning natijasi va samaradorligining 
indiktorlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar xizmat qilishi mumkin: 

bitiruvchilarning mehnat bozorida talab qilinishi. Ishga joylashishning aniq-ravshan 
foizlari haqida gapirishi ancha qiyin, chunki mehnat bozoridagi vaziyat juda o‘zgaruvchan va ko‘p 
omillarga bog‘liq. Shunga qaramay, masalan, ta’lim muassasasining yangi sheriklik aloqalari 


129 
o‘rnatishi bo‘yicha ish boshlangan paytidan boshlab o‘tgan davr mabaynida bitiruvchilarning ishga 
joylashish ko‘rsatkichlari dinamikasi bo‘yicha ijtimoiy hamkorlikning mutaxassislar tayyorlash 
sifatiga ta’siriga qandaydir baholar berish mumkin; 

kasb-hunar kollejining ta’lim xizmatlari bozorida talab qilinishi va sh.k. 
Ijtimoiy hamkorlik tizimi ishining samaradorligiga mazkur o‘quv muassasasi ishlayotgan 
ta’lim xizmatlari bozori segmentining kengayib borayotganligiga qarab baho berish mumkin. Bu 
o‘rinda so‘z o‘quvchilar kontingentining ko‘payishi, qo‘shimcha tarzda turli toifadagi 
tinglovchilarning-talabalar va o‘quvchilardan tortib ishsizlargacha va kasb-hunar bo‘yicha qayta 
tayyorlovdan o‘tishga intilayotgan aholigacha jalb etish haqida boradi. Tabiiyki, turli ta’lim 
dasturlari milliy va mitaqaviy ta’lim muassasa va bandlik xizmatlari byudjetlaridan tortib to 
fuqarolarning shaxsiy mablag‘larigacha turli moliyalashtirish manbalariga ega bo‘lishlari mumkin. 

Har xil turdagi ta’lim xizmatlarini amalga oshirish hisobiga byujetdan tashqari 
moliyalashtirishning amalga oshirilishi. 
Turli toifadagi ijtimoiy hamkorlarning vakillari bilan shartnomalarning mavjudligi kasb-
hunar kolleji ishining samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri sifatida xizmat qilishi mumkin. 
Tabiiyki, shartnomaviy munosabatlar amaliy xususiyatini baholash mumkin bo‘lishi uchun bunday 
ko‘rsatkich boshqa indikatorlar bilan bir majmuada qaralishi lozim. Bunday shartnomalarga 
quyidagi bitimlar kiradi: 

o‘quvchilarga amaliy bilim berish

o‘quv muassasasi xodimlarining ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishi; 

bitiruvchilarni ishga joylashtirilishi; 

o‘quv-uslubiy va o‘quv-tarbiyaviy ishlar sohasida hamkorlik; 

ijtimoiy hamkorlar ishtirokida o‘qituvchilar attestasiyasi; 

uzluksiz ta’lim va hakozo. 
Kasb-hunar kollejining hisobot-rejalashtirish va meyoriy xujjatlarida ijtimoiy hamkorlik 
bo‘yicha tadbirlarning mavjudligi. Agar kasb-hunar kollejida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish 
borasidagi ishlar hujjatlarda qayd etib qo‘yilsa, bu yo‘nalishdagi faoliyat ancha tezroq boradi. 
Aks holda mehnat bozorini baholash, o‘qituvchilar stajirovkasini tashkil etish, ishlab 
chiqarish korxonalari vakillarining attestasiyaning har xil turlarida ishtirok etishi va boshqalar 
oddiy istaklarga aylanib qolishi yoki izchil xususiyatga ega bo‘lmay tarqoq lavhalar tarzida amalga 
oshirilishi mumkin. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling