Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Ilmiy-uslubiy muvofiqlashtiruvchi markaz -


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

 
Ilmiy-uslubiy muvofiqlashtiruvchi markaz - kasb-hunar kollejlari uslubiy ishlar 
tizimida ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yishga, olingan natijalarni ekspertizadan o‘tkazishga, 
tajriba-sinov ishi natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirishga imkon beradi. Ilmiy-uslubiy 
muvofiqlashtiruvchi markaz ham ilmiy-pedagogik kengashga bo‘ysunadi. Unga o‘quv ishlari 
bo‘yicha direktor o‘rinbosari, kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari, uslubchi, bo‘lim 
boshliqlari, kafedra mudirlari, uslubiy komissiya raislari, yuqori malakali o‘qituvchilar va kasb 
ta’lim o‘qituvchilari kabilar jalb etiladi. Ilmiy–uslubiy muvofiqlashtiruvchi markaz shuningdek
ekspert kengash vazifasini ham o‘taydi va unda mualliflik o‘quv dasturlari, o‘quv-ishlab chiqarish 
jarayoniga yangiliklarni tatbiq etish bo‘yicha tajriba-sinov ish natijalari muhokama etilib, maxsus 
qarorlar qabul qilinadi. 
Ilmiy-uslubiy muvofiqlashtiruvchi markazning boshqaruv vazifalariga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 


122 
- kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini ishlab chiqish;
- o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va ishni muvaffaqiyatli amalga 
oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- pedagogik jamoaning ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda ular faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 
- o‘qituvchilarning ta’lim samaradorligini oshirishga bo‘lgan moyilligi, qiziqishlari
maqsadlariga ko‘ra ijodiy guruhlar tuzish;
- o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari holatini nazorat qilish, tadqiqot natijalarini tahlil 
etish va baholash uchun ekspertlar guruhini tashkil etish. 
Ilmiy-uslubiy muvofiqlashtiruvchi markazga uslubiy ishlarning ijodiy tajriba-sinov 
laboratoriyalari, o‘qituvchilarning ijodiy guruhi va pedagogik tajribalar markazi kabi tuzilmalari 
bo‘ysunadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling